Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya kompaniyasi Toshkentda «Disneylend» qurishni taklif qildi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Germaniyaning RIMC Hotels & Resors kompaniyasi rahbari Gert Prantner bilan uchrashdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda Toshkent shahrida turizmni rivojlantirish va kompaniya bilan hamkorlik o‘rnatish xususida so‘z yuritildi. Hamkor kompaniya rahbari poytaxtda zamonaviy mehmonxonalar, savdo-sotiq hamda «Disneylend» kabi ko‘ngilochar markazlarni qurilishiga qiziqish bildirayotgani haqida ta'kidlab o‘tdi.
Yig‘ilishda kompaniya va hokimlik o‘rtasida hamkorlik Memorandumini imzolash taklifi ham kiritildi. Shuningdek, loyihalarni amalga oshirish uchun istiqbolli takliflar ishlab chiqilgan.
Ma'lumot uchun, 30 yillik tarixga ega kompaniya dunyo miqyosida xalqaro mehmonxonalar yetakchi operatori hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:45
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
11:35
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
10:05