Jahon | 17:27 / 25.06.2017
12496
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Erdo‘g‘anning AQShda mushtlashib ketgan qo‘riqchilari G20 sammitiga kelishiga qarshi

Foto: RIA "Novosti"

Germaniya hukumati 7-8 iyul kunlari Gamburg shahrida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Vashingtonda namoyishchilar bilan mushtlashib ketgan qo‘riqchilari kelishiga qarshi. Welt gazetasi shu haqida xabar berdi

Manbaga ko‘ra, hukumat vakillari bundestagning yopiq majlisida parlamentariylarga shu haqida ma'lum qilishgan. 

Germaniya maxsus xizmatlari shuningdek Erdo‘g‘anning tashrifi uning tarafdorlari va qarshi tomon, shu jumladan turk diasporasi va kurdlar o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqishidan xavfsiramoqda. Ta'kidlanishicha, Germaniya hududida Kurdiston Ishchilar partiyasining 14 mingcha tarafdori bo‘lib, ulardan 600 nafari Gamburgda yashaydi. 

Gap shundaki, Turkiya prezidentining AQShga tashrifi davomida mamlakatning Vashingtondagi qarorgohi oldida uning qo‘riqchilari va namoyish ishtirokchilari mushtlashib ketishgan. 

Mavzuga oid