Moskva G20 sammitida ishtirok etish formati borasida bir qarorga kela olmayapti
Peskov Rossiya G20’da ishlashda davom etishiga ishontirdi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Braziliyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qaysi formatda ishtirok etishi hali hal qilinmagan.
Kreml 2024 yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ishtirok etish formatini hozircha ko‘rib chiqmadi, biroq G20’dagi ishidan voz kechmayapti. 5 dekabr, seshanba kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov: «Bungacha hali yetib bormadik», dedi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «har qanday holatda ham, Rossiya bu forumda ishtirok etishni to‘xtatmaydi».
Bir kun avval Braziliya prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva Berlinda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga G20 sammitiga taklifnoma yuborilishini aytgan edi. Shu bilan birga, Lula Xalqaro jinoiy sud (XJS) Rim statutiga a’zo bo‘lgan Braziliyada u berilgan order bilan hibsga olinishi mumkinligini istisno etmadi. «U kelganida hibsga olinadimi? Balki ha, balki yo‘q. Buni sud tizimi hal qiladi», - dedi Braziliya prezidenti. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbarining o‘zi Rioga borish qarorining «oqibatini baholashi kerak».
XJS orderi
Rossiya rahbariyati XJS orderi tufayli Nyu-Dehlidagi G20 sammitini o‘tkazib yubordi. Mart oyida Xalqaro jinoiy sud uni ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishda ayblab, hibsga olishga order bergan edi.
Kreml ayblovni rad etdi va XJS orderini noqonuniy deb topdi. Biroq, ehtimoliy xavf-xatarlardan qochish uchun RF rahbariyati xalqaro anjumanlarga bormaslikni afzal ko‘rdi va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni G20 sammitida ishtirok etish uchun Hindistonga yubordi.
Mavzuga oid
09:10 / 20.11.2024
GFR kanslerining G20 sammiti yakuniy bayonotidan ko‘ngli to‘lmadi
11:38 / 19.11.2024
Riodagi G20 sammitida ocharchilikka qarshi ittifoq tuziladi
11:47 / 13.11.2024
Moskvada chaqiriluvchilarga Rossiyadan chiqib ketish taqiqlangani haqida xabar berildi
19:24 / 27.10.2024