Kelasi hafta, 22 noyabr kuni G20 virtual sammiti bölib ötadi, unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham iştirok etadi. Bu haqda 19 noyabr, yakşanba kuni «Rossiya 1» davlat telekanali xabar berib, «Rossiya prezidenti va ğarb davlatlari yetakçilari uzoq vaqtdan beri birinçi marta bitta tadbir iştirokçisi bölişlari mumkinligini» ta’kidladi. 

G20’dagi virtual iştirokidan taşqari, kelasi hafta Putin Minskka ham taşrif buyuradi, u yerda KXŞT tadbiri bölib ötadi, deb xabar berdi u Sankt-Peterburgdagi madaniy forumning yalpi majlisida. 

Hindiston köplab yetakçilarning iştirok etişini kutmoqda

G20 sammiti 2023 yil 9-10 sentabr kunlari G20’ga 2022 yil dekabridan beri raislik qilib kelayotgan Hindistonda bölib ötgan. Braziliya 2024 yil noyabr oyida G20 sammitiga mezbonlik qiladi.

Nyu-Dehlidagi sammitdan söng Hindiston boş vaziri Narendra Modi noyabr oyida G20 yetakçilari uçraşuvini virtual formatda ötkazişni taklif qildi. Avvalroq Hindiston Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Arindam Bagçi G20 onlayn sammitiga taklifnoma yuborgani va unda iloji boriça köproq yetakçilar iştirok etişini kutayotgani haqida xabar bergan edi. 

Putin «döstlar uçun muammo yaratmaslikni» xohlayapti 

Putin 5 oktyabr kuni Valday forumida BRICS va G20 sammitlariga «ularni taşkil etayotgan döstlar uçun muammo tuğdirmaslik» uçun taşrif buyurişdan tiyilgani haqida aytgan edi. 

2023 yil 17 mart kuni Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) Rossiya prezidenti Putinni hibsga olişga order berdi. U bolalarni Ukrainaning egallab olingan hududlaridan noqonuniy ravişda deportatsiya qilişda ayblangan. Putin Sudan prezidenti Umar al-Başir va Liviya hukmdori Muammar Qaddofiydan keyin XJS ayblov e’lon qilgan uçinçi davlat rahbari böldi.