Sport | 22:35 / 26.06.2017
6851
2 daqiqa o‘qiladi

Useyn Bolt 2020 yilgi Olimpiadada ishtirok etishi mumkin

Foto: EPA

8 karra Olimpiya chempioni, yamaykalik sprinter Useyn Bolt Tokioda o‘tadigan 2020 yilgi Olimpiadada ishtirok etishi mumkin. Bu haqda uning o‘zi Ostravdagi matbuot-anjumanida ma'lum qildi.

Bolt 2016 yilgi Riodagi Olimpiada u uchun oxirgisi bo‘lishini aytib kelayotgandi. 30 yoshli sportchi professional faoliyatini Londonda 5-13 avgustda o‘tadigan 2017 yilgi jahon chempionatidan keyin yakunlashni rejalashtirayotgandi. 

"2020 yilgi Olimpiadada ishtirok eta olaman, deb aniq ayta olmayman. Uzoq vaqtga oldindan biror narsa aytishni yoqtirmayman. Agar o‘zimda kuch topa olsam, albatta ishtirok etaman, biroq bir narsani aniq aytishim mumkinki, meni u yerda murabbiy sifatida aniq ko‘rmaysiz", deb aytgan Bolt. 

Bolt 100 va 200 metrga yugurish bo‘yicha qatorasiga uchta Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan yagona sportchi hisoblanadi. Uning hisobida 100 (9,58 soniya)  va 200 metrga (19,19 soniya) yugurish bo‘yicha jahon rekordlari bor.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid