Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neft o‘g‘risi ushlandi
Yaqinda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi, Milliy xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda neft mahsulotlarining talon-taroj etilishi bartaraf etildi, deb xabar bermoqda Andijon viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati.
Asaka shahrida yarim tunda harakatlanayotgan fuqaro U.Umaraliyev boshqaruvidagi “Kamaz” yuk mashinasi belgilangan tartibda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yukxonasiga uddaburonlik bilan yashirin sisterna o‘rnatilgani aniqlandi.
Surishtiruvlar davomida ma'lum bo‘lishicha, ushbu sisternada fuqaro I.Ismanovga tegishli qiymati salkam 20 mln. so‘mlik 7894 litr neft mahsulotlari tegishli hujjatlarsiz noqonuniy ravishda olib ketilayotgan ekan.
Xo‘sh, bu neft mahsulotlari qayerdan o‘g‘irlandi? Elu yurt manfaati uchun ko‘zlangan bu boylikni o‘marishda qonunbuzar kimsalarga sherik tutinganlar kimlar?
Bu savollarning barchasiga endi bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davomida aniqlik kiritiladi. Aybdor kimsalar qonun oldida javob beradi.
Mavzuga oid
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
09:39 / 11.05.2026