Andijon viloyatida bir guruh şaxslar tomonidan “Soliq” ilovasi orqali 35,1 mlrd söm mablağ keşbek sifatida talon-toroj qilingani ma’lum böldi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Departamentning Andijon viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda 6 nafar fuqaro va boşqalar özaro til biriktirib, fuqaro O‘.Q.ning nomiga 3 ta, fuqaro N.Yu.ning nomiga 5 ta va R.X.ning nomiga 1 ta MÇJ taşkil etib, uşbu MÇJlar örtasida heç qanday moliyaviy aloqalar amalga oşirilmagan bölsa-da, 2026 yilning mart-aprel oylarida jami 1,1 trln sömlik mahsulotlar yetkazib berilgani haqida soxta elektron hisob-fakturalarini rasmiylaştirib, göyoki savdodan tuşgan pul mablağlarini kirim qilib, fuqarolarga sotilgani haqida çeklar çiqarib, jami 100 458 nafar fuqaroga “Soliq” ilovasi orqali keşbek sifatida tölab berilgani oqibatida 35,1 mlrd söm budjet mablağlari özlaştiriş va rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.

Qayd etilişiça, Andijon viloyati soliq boşqarmasi mas’ul şaxslari va boşqalar yuqoridagi MÇJlar tomonidan jami 1,1 trln sömlik hisobvaraq-fakturalar rasmiylaştirilgani holatlari böyiça korxonalarning QQS guvohnomalarini bekor qiliş çoralarini körmagan, şuningdek, şubhali operatsiyalar haqida Departamentga xabar bermagan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) va 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilib, prokuraturaga yuborilgan.