Durov «taslim bo‘ldi»
Telegram asoschisi Pavel Durovning ma'lum qilishicha, u messenjer Rossiya aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohalaridagi nazorat federal agentligi («Roskomnadzor») reyestriga kiritilishiga rozi. Biroq bu faqatgina ochiq ma'lumotlardan foydalangan holda, hech qanday qo‘shimcha majburiyatlarsiz bo‘lishi kerak.
"Telegram kompaniya-nashri haqidagi ro‘yxatdan o‘tkazish ma'lumotlari – sir emas va barcha xohlovchiga ochiq manbalarda taqdim etilgan... Agarda nazoratga soluvchining xohishi shu bilan cheklansa, menda ushbu ma'lumotlardan Telegram Messenger LLP’ni ma'lumot tarqatuvchilar reyestrida ishlatilishiga qarshilik yo‘q", - deya yozdi Durov "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Shu bilan birga, uning ma'lum qilishicha, Telegram jamoasi “Yarovaya qonuni”ni bajarish istagida emas, u “texnik jihatdan amalga oshirilmaydigan” deb ataldi.
"Boshqa so‘zlar bilan aytiladigan bo‘lsa, biz reyestrga kiritish uchun rozilik berib, Roskomnadzor bayonoti (“shu bilan nuqta”) sofligidan kelib chiqamiz va o‘zimizga qo‘shimcha majburiyat olmaymiz", - deya ta'kidlab o‘tdi Durov.
O‘tgan juma kuni Rossiya axborot texnologiyalari ustidan nazorat qilish xizmati rahbari Aleksandr Jarov Telegram jamoasi va shaxsan Durovni Rossiya qonunchiligi talablariga rioya etish hamda muassasaga ma'lumot tarqatuvchilar reyestriga kiritish uchun ma'lumot berishga chaqirdi. Jarovning bildirishicha, aks holda messenjer Rossiya hududida to‘sib qo‘yiladi.
Mavzuga oid
20:04 / 26.11.2024
Kriptovaluta bilan bog‘liq bitimlar Telegramʼning asosiy daromad manbaiga aylandi
22:35 / 23.11.2024
Fransiyada deputatlarning Telegram akkauntlari buzib kirilgani yuzasidan tergov boshlandi
18:03 / 03.11.2024
Telegram mini-ilovalar uchun yangi funksiyalarni joriy qiladi
19:23 / 02.11.2024