Telegram asosçisi Pavel Durovning ma'lum qilişiça, u messenjer Rossiya aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohalaridagi nazorat federal agentligi («Roskomnadzor») reyestriga kiritilişiga rozi. Biroq bu faqatgina oçiq ma'lumotlardan foydalangan holda, heç qanday qöşimça majburiyatlarsiz bölişi kerak.

"Telegram kompaniya-naşri haqidagi röyxatdan ötkaziş ma'lumotlari – sir emas va barça xohlovçiga oçiq manbalarda taqdim etilgan... Agarda nazoratga soluvçining xohişi şu bilan çeklansa, menda uşbu ma'lumotlardan Telegram Messenger LLP’ni ma'lumot tarqatuvçilar reyestrida işlatilişiga qarşilik yöq", - deya yozdi Durov "VKontakte" ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.

Şu bilan birga, uning ma'lum qilişiça, Telegram jamoasi “Yarovaya qonuni”ni bajariş istagida emas, u “texnik jihatdan amalga oşirilmaydigan” deb ataldi.

"Boşqa sözlar bilan aytiladigan bölsa, biz reyestrga kiritiş uçun rozilik berib, Roskomnadzor bayonoti (“şu bilan nuqta”) sofligidan kelib çiqamiz va özimizga qöşimça majburiyat olmaymiz", - deya ta'kidlab ötdi Durov.

Ötgan juma kuni Rossiya axborot texnologiyalari ustidan nazorat qiliş xizmati rahbari Aleksandr Jarov Telegram jamoasi va şaxsan Durovni Rossiya qonunçiligi talablariga rioya etiş hamda muassasaga ma'lumot tarqatuvçilar reyestriga kiritiş uçun ma'lumot berişga çaqirdi. Jarovning bildirişiça, aks holda messenjer Rossiya hududida tösib qöyiladi.