Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Florentino Peres: Mbappega «Real»da joy yo‘q
«Real» prezidenti Florentino Peres «Monako» hujumchisi Kilian Mbappening oila a'zolari bilan uchrashgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi. «Qirollik klubi» rahbari bu masalada ehtiyot bo‘lish kerakligini ta'kidlagan.
Uning fikricha, hozirda bu yosh futbolchiga Madrid jamoasida bo‘sh joy yo‘q.
«Pogba bilan sodir bo‘lgan voqeani unutmaslik kerak. O‘shanda ham bizga futbolchini sotib olish kerakligi haqida gapirishgandi. Mbappe – ajoyib va yosh futbolchi. Menga kuchli futbolchilar yoqadi, ammo jamoa 24 futbolchidan tashkil topadi, maydonga esa 11 nafar futbolchi tushadi. Ko‘pgina kuchli o‘yinchilarga «Real»da joy topilmasligi mumkin. Hozirda eng kuchli tarkibga egamiz va biz buni isbotladik.
Bir necha yillardan beri Mbappeni kuzatib kelmoqdamiz. Ammo 18 yoshda hamma ham «Real»da o‘ynab keta olmaydi. Agar Mbappeni xarid qilsak, «Real»ni kim tark etadi? Biroz sabr kerak», — deya Peresning so‘zlarini keltirgan esRadio.
Bundan avvalroq, Peres Mbappening oilasi bilan uchrashgani xabar qilingandi. 2016/17 yilgi mavsumda ushbu yosh futbolchi monegaskliklar jamoasi safida barcha turnirlar doirasida 44 uchrashuvda maydonga tushgan va 26 gol urgan.
Mavzuga oid
18:01 / 08.05.2026
«Real»da xaos. Valverde va Chuameni mushtlashib ketdi
20:19 / 06.05.2026
Mbappe – mojaro markazida. U klasikoga tayyorlanish o‘rniga ta’tilga ketdi va jamoadoshlarini g‘azablantirdi
21:10 / 05.05.2026
«Real» muxlislari Mbappening ketishi uchun deyarli 1,5 mln imzo to‘pladi
23:28 / 23.04.2026