Voyaga yetmagan qiz firibgarlik sodir qildi
Buxoro shahrida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan, Kogon shahar “Chashm gavhari” kilinikasi hamshirasi N.Shodiyeva ariza orqali murojaat qildi, deb xabar berdi Kun.uz’ga Buxoro IIB.
Ma'lum qilinishicha, u arizada Buxoro shahar Alpomish ko‘chasi 17/4-uyda yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan, Buxoro Turizm kolleji 3-bosqich talabasi Diana Ilichova Dmitriyevna, ushbu kollejning 3-bosqichida tahsil oladigan qizi M.Hayitovaning ishonchiga kirib, “Ark” qo‘rg‘oni oldida bir kunga taqib turish uchun deb aldab, bahosi 2.500.000 so‘mlik tilla bilakuzugini qo‘lga kiritib, uni “Shahriston” bozorida ishlaydigan M. To‘qsanovaga 1.100.000 so‘mga sotib, firibgarlik jinoyatini sodir qilganligini bildirgan.
Ushbu holat yuzasidan D.Ilichovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
13:45 / 09.10.2024
Buxoroda bolalar o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisiga hukm o‘qildi
22:36 / 26.09.2024
Chirchiq daryosining 6 km qismida dam olish hududi barpo etiladi
07:50 / 21.09.2024