Sport | 18:37 / 29.06.2017
7975
2 daqiqa o‘qiladi

Tish cho‘tkasida basketbol to‘pini aylantirish bo‘yicha jahon rekordi yangilandi (video)

Panjoblik 25 yoshli Sandip Singx (Hindiston) tish cho‘tkasida basketbol to‘pini aylantirish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. Life shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi. 

Panjob shahrining mahalliy aholisi mazkur hodisaning guvohi bo‘lishdi. Ularning ko‘z oldida 25 yoshli Sandip Ginnesning Rekordlar kitobiga kirishga urinib ko‘rdi. 

Guvohlar olgan videoda rekordsmen avval tish cho‘tkasini qo‘lida ushlab turib, unda to‘pni aylantirib oladi, shundan keyin uni og‘ziga joylaydi. Bu vaqtda mahalliy aholi sekundomer bilan vaqtni nazorat qiladi. 53-soniyada to‘p aylanishdan to‘xtadi, shunday bo‘lsa-da, yigit oldiga qo‘yilgan vazifaning uddasidan chiqadi. 

"Jahon rekordini o‘rnatish - mening azaliy orzuim edi", deydi Sandip Singx.

Tish cho‘tkasida to‘p aylantirish bo‘yicha bundan avvalgi jahon rekordi 2012 yilning 19 aprelida Taneshvar Guragayyem tomonidan o‘rnatilgan edi. U 22,41 soniya davomida tish cho‘tkasida basketbol to‘pini aylantirgan. 

Mavzuga oid