Toshkent yo‘llarida ta'mirlash ishlari davom etmoqda
Toshkent shahrining Davlat dasturiga ko‘ra ta'mirlanishi ko‘zda tutilgan yo‘l va ko‘chalaridan tashqari - kichik halqa yo‘lining Shota Rustaveli ko‘chasidan "Bodomzor" chorrahasiga qadar bo‘lgan qismi ham – lozim bo‘lgan joylarda irrigatsiya lotoklari o‘rnatish ishlari bilan birgalikda to‘la ta'mirlanadigan bo‘ldi. Bu haqida Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu jarayonda buyurtmachi sifatida "Toshkent shahar mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" davlat unitar korxonasi, bosh loyihachi – "Yo‘l loyiha byurosi" MChJ hamda bosh pudratchi – "Transyo‘lqurilish maxsus pudrat" MChJ qatnashmoqda.
Hozirgi kunda qurilish ishlari jadal davom etmoqda. Joriy yilning o‘tgan I yarim yilligi davomida esa poytaxtdagi 53,9 km uzunlikdagi yo‘l va ko‘chalar ta'mirlandi.
Qayd etish kerakki, avvallari ichki avtomobil yo‘llari qurilishi va ta'miri bo‘yicha buyurtmachi sifatida hokimliklar huzuridagi yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi hamda obodonchilik boshqarmalari ishtirok etgan bo‘lsa, bugungi kunda poytaxtda ham, hududlarda ham bu vazifani O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi PQ-2776-sonli qarori bilan tashkil etilgan Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tarkibidagi Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyalari bajarmoqda. Bu esa avtomobil yo‘llari qurilishidagi yagona texnik siyosatni amalga oshirish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

16:15 / 02.07.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopildi

14:38 / 24.06.2025
Rohat aylanmasidan uch qavatli ko‘prikkacha bo‘lgan yo‘l 1 haftaga yopiladi

23:55 / 17.05.2025
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi

17:20 / 16.05.2025