76 rotorli yo‘lovchi muqobil uchar qurilma barpo etildi (foto + video)
O‘tgan 2016 yilda 8ta benzinli dvigatelda yo‘lovchi multikopterini namoyish qilgan Aleks Borg navbatdagi ishlanmasini taqdim etdi. Endilikda, dron 76ta elektr rotorlardan foydalanadi. Texnika avvalgisidan ekologiyaga zararsizroq bo‘lgan, ammo AmazingDIYProjects xodimining loyiha uchun xarajati uning foydali ekani borasida shubha uyg‘otmoqda. Bu haqda Newatlas.com xabar qilgan.
274 kV energiyadan foydalanuvchi har bir dvigatelga rotor o‘rnatilgan. Ular qurilmaning 4ta qanotiga bir xil taqsimlab chiqilgan. Sonning ko‘pligi sababli, dron uchayotganida shovqinli yoqimsiz tovush eshitiladi. Foydalanuvchilar uning tovushini yirik chivinlar to‘dasiga o‘xshatishgan. Modelga o‘rnatilgan 80 Multistar 4S 5.2 Ah LiPo akkumulyator 12 daqiqalik parvozni ta'minlay oladi, xolos.
Kopterning tannarxi ham ancha qimmat. U 10 ming dollardan oshadi.
Mavzuga oid
14:58 / 01.09.2021
Dronda ovqat tashish va boshqalar: Yevropaning 2021 yilgi asosiy startaplari
19:45 / 09.02.2019
Germaniya hukumati dronlardan himoyalanish uchun yangi tizimlar sotib oladi
16:32 / 11.08.2018
O‘zbekiston suv xo‘jaligi tashkilotlari uchun dronlar sotib oladi
13:46 / 25.07.2018