Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya hukumati dronlardan himoyalanish uchun yangi tizimlar sotib oladi
Germaniya qurolli kuchlari uchuvchisiz uchar qurilmalardan himoyalanishni kuchaytiradi va buning uchun beshta yerusti tizimini sotib oladi. Bu haqda federal hukumatdagi manbasiga asoslanib DPA agentligi xabar berdi.
Hozirda Germaniya uchuvchisiz uchar qurilmalardan himoyalanish uchun bitta statsionar va ikkita mobil tizimga ega. Ularning vazifasi aholi va hayotiy muhim infratuzilmani havo hujumidan saqlashdir.
Yana bir muhim jihat – fuqaro aviatsiyasini himoya qilish. O‘tgan yili dronlar samolyotlarning parvoz qilishiga xalaqit bergan 158ta holat qayd etilgan.
Nemis qonunchiligiga ko‘ra, aeroport, kasalxona, qamoqxona, hukumat binosi, port va vokzallar yaqinida havaskor dronlar uchirilishi taqiqlangan.
Mavzuga oid
23:45 / 27.06.2026
Germaniyada jazirama harorat bo‘yicha yangi rekord
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
12:04 / 18.06.2026