Jahon | 16:50 / 05.07.2017
5992
1 daqiqa o‘qiladi

Tereza Meyning Buyuk Britaniyadagi obro‘si aniqlandi

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya Conservative Home tashkiloti mamlakat bosh vaziri Tereza Meyning obro‘sini aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. U konservatorlar partiyasidan saylangan bosh vazirlar orasida ikkinchi eng obro‘siz vazir deb topildi. Bu haqda Independent nashri yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, uning reytingi ikki hafta avvalgi +89dan -26ga pasayib ketgan. 

Shuningdek, ushbu so‘rovda eng mashhur vazirlar ham aniqlab olingan. Unga ko‘ra, Brexit masalalari bo‘yicha kotib Devid Devis (+78) va atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Maykl Gov (+57) fuqarolar ishonchiga sazovor bo‘lgan. Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson parlament vazirlari reytingida 12-bo‘ldi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid