Nazarboyev o‘z nomi bilan obektlarning qayta nomlanishiga qarshi chiqdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev u yoki bu obektni uning nomi bilan qayta nomlanishi haqida bildirilayotgan takliflarga salbiy munosabatda ekanligini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
U shu tariqa Qozog‘iston hukumatining Ostona aeroportini "Nursulton Nazarboyev" deb nomlanishi taklifiga izoh berdi.
"Bu mening tashabbusim emas. Men har doim bunga qarshi bo‘lganman. Bu doimo yuzaga kelmoqda. Odamlar qilingan ishlarni shunday baholashayotgandir va men ularga buning uchun minnatdorman, biroq istalgan siyosatchi, davlat yetakchisi tarixda o‘z ishlari bilan qolishga harakat qiladi", deb aytdi Nazarboyev.
O‘tgan yil noyabrda Nazarboyev Ostona shahrining o‘z nomiga qayta nomlanishi taklifini rad etgandi.
Mavzuga oid
18:42 / 30.08.2024
Nazarboyevning sobiq kelini odam o‘g‘irlashda ayblanib, 12 yilga qamaldi
22:01 / 16.08.2024
Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Sotiboldiuli qamoqdan ozod qilinadi
19:01 / 12.08.2024
Nazarboyevning jiyani davlatga 1,6 mlrd dollar qiymatli mulklarni qaytardi
21:42 / 12.01.2024