Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eldor Shomurodovning yangi jamoasi nomi ma'lum
Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Rossiyaning «Rostov» klubida davom ettiradi. Bu haqda Tribuna.uz'ga vaziyatdan xabardor manbalar ma'lum qilgan.
Oldinroq Rossiyaning «Izvestiya» nashri Shomurodovning «Krasnodar»ga o‘tayotgani haqida xabar tarqatgandi. Unga ko‘ra, futbolchi krasnodarliklar jamoasi hujumchisi Fyodor Smolov o‘rnini egallashi lozim edi. Ammo «Bunyodkor» mutasaddilari va murabbiylar bilan yaqin aloqada ekani aytiladigan OFK sobiq komissari Alisher Nikimbayev bu ma'lumotni inkor qilib chiqdi.
«Shomurodovning keyingi jamoasi aniq. Ammo bu «Krasnodar» emas. RFPL jamoasi, lekin boshqa jamoa», deya yozgan Nikimbayev o‘z tvitterida.
Shomurodovning «Rostov» bilan tuzadigan shartnomasi shartlari ochiq qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mavsum yakunlangach, «Rostov»ni ma'lum muddat boshqargan Qurbon Berdiyev va asosiy tarkibning deyarli barcha yetakchilari tark etishdi. Jumladan jamoaning asosiy hujumchilari Sardor O‘zmun va Dmitriy Polozning boshqa jamoaga o‘tib ketishi natijada rostovliklar hujumchi ampluasiga futbolchi qidirishayotgandi. Shomurodov klubni tark etgan futbolchilar o‘rnini bosishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
23:09 / 30.06.2026
Eldor Shomurodovning goli JCh–2026 guruh bosqichidagi eng chiroyli deb topildi
16:21 / 29.06.2026
Shomurodov JCh guruh bosqichidagi eng chiroyli gol muallifi bo‘lishga da’vogar
14:49 / 29.06.2026
«To‘pni yaxshi ushlab turolmadik» – futbolchilar turnirni tark etgandan keyin nimalar deyishdi?
21:50 / 28.06.2026