Jahon | 23:40 / 13.07.2017
5071
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh xorijiy jangarilar haqida ma'lumotlar bazasini barpo etadi

Foto: RIA Novosti / Vladimir Astapkovich

AQSh IShID terrorchilik guruhi tarkibida faoliyat olib borayotgan xorijlik terrorchilarga doir ma'lumotlar bazasini shakllantiradi. Bu haqda Amerika prezidentining IShIDga qarshi kurash bo‘yicha xalkaro koalitsiyadagi vakili Brett Makgerk ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Biz xorijiy terrorchilarning xalqaro ma'lumotlar bazasini tashkil etamiz. Unda 18 ming kishining ismi-sharifi bor", — degan Makgerk koalitsiya vakillari guruhining Vashingtonda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu baza Interpol ko‘magida tashkil etiladi. 

Makgerkning qayd etishicha, Iroqning Mo‘sul shahrida faoliyatini davom ettirayotgan IShID tarkibida "butun dunyodan, Xitoygacha" jangarilar bor. U yerdagi terrorchilar, Makgerkning aytishicha, "fransuz, xitoy, rus, holland tillarida, shuningdek, arab tilining iroqcha shevasiga xos bo‘lgan shevalarida so‘zlashadi".

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid