Fan-texnika | 11:20 / 13.07.2017
12957
2 daqiqa o‘qiladi

Ravon Qozog‘istonda sotuvlar bo‘yicha top-5likka kirdi

Qozog‘istonda 2017 yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, rasmiy dilerlar tomonidan umumiy qiymati 180,7 mlrd tenge bo‘lgan 20 876 dona avtomobil sotildi. Qozog‘istonliklar iyun oyida avtomobillar xarid qilishga 50,6 mlrd tenge sarflashdi.

AKAB ma'lumotlariga ko‘ra, iyun yakuni bo‘yicha rasmiy sotuvlar eksport ham hisobga olinganda, 5172 dona avtomobilni tashkil qildi.

Qozog‘iston bozorida Toyota hamon sotuvlar bo‘yicha yetakchi bo‘lib turibdi, iyunda bu brenddagi 861 avtomobil sotildi. Ikkinchi o‘rinda Lada (857 avtomobil) bo‘lsa, kuchli uchlikka UAZ (287 avtomobil) yakun yasab berdi. An'anaviy ravishda Ravon (263 avtomobil) hamda Renault (253 avtomobil) top-5likka kirib, to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni egalladi.

Iyunda quyidagi brendlar avtomobillari sotuvi jiddiy tarzda oshgan: SsangYong (+146 foiz), Renault (+71 foiz), Chevrolet (+59 foiz) va JAC (+44 foiz). Skoda (-40 foiz), Infiniti (-46), Ford (-57) brendlarida esa sotuvlar hajmi kamaydi.

Mavzuga oid