Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR: «AQSh o‘z qo‘llari bilan o‘ziga qabr qazimoqda»
Shimoliy Koreyaning ma'lum qilishicha, agarda BMT Xavfsizlik kengashida KXDRning “Xvason-14” ballistik raketasi sinovi bo‘yicha rezolyutsiya ma'qullansa, ushbu mamlakat javob choralarini ko‘radi.
Life’ning xabar qilishicha, mamlakat TIV vakili bayonotida gap qanday sanksiyalar haqida ketayotgani oydinlashtirilmagan, biroq ta'kidlanishicha, AQSh (ushbu rezolyutsiya tashabbuskori) o‘z qo‘llari bilan o‘ziga qabr qazimoqda.
- AQSh bizning strategik maqomimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazar solib, fikrlashning o‘rniga, bosim va sanksiyalar siyosatini ma'qul ko‘rmoqda. Shu tariqa, ular o‘z qo‘llari bilan o‘ziga qabr qazishmoqda, - deya ta'kidlanadi Pxenyanning bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, KXDR Pxyonan-Pukto viloyati hududidan 4 iyul kuni ertalab ballistik raketa uchirdi. Raketa Yapon dengiziga quladi.
Mavzuga oid
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
21:36 / 08.05.2026
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
11:29 / 08.05.2026