Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi telefonlarda gudok o‘rniga Erdo‘g‘an ovozi eshitildi
Turkiyada mahalliy mobil operatorlari Turkcell va Vodafone foydalanuvchilari uchun syurpriz tarzida odatiy gudoklar o‘rniga prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning audiotabrigi eshittirildi. Tabrik muvaffaqiyatsiz harbiy to‘ntarish voqealariga bir yil to‘lgani munosabati bilan yo‘llangan.
Erdo‘g‘anning ovozini telefonida 16 iyulga o‘tar kechasi telefon qilganlarning barchasi eshitgan.
«Prezident sifatida sizlarni Demokratiya va milliy birdamlik kuni bilan tabriklayman va shahidlarga Allohdan afv, qahramonlarga sog‘liq va farovonlik tilayman», — deyilgan tabrik matnida.
Mavzuga oid
18:10 / 14.01.2018
Erdo‘g‘an Suriya shimoliga harbiy yurish bilan tahdid qildi
15:15 / 16.07.2017
Fotoreportaj: Turkiya bo‘ylab 15 iyul voqealari bir yilligi nishonlandi
11:45 / 16.07.2017
Erdo‘g‘an: Turkiyaning halokatini kutuvchi ko‘p dushmanlar bor
08:35 / 16.07.2017