Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Turkiyaning halokatini kutuvchi ko‘p dushmanlar bor
Turkiya poytaxti Anqara shahrida o‘tgan yilning 15 iyulidan 16 iyulga o‘tar kechasi ro‘y bergan davlat to‘ntarishi bartaraf etilganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an yig‘ilgan omma oldida chiqish qildi. Bir yil muqaddam, 2016 yilning 16 iyuli, soat 02:30da Turkiya Buyuk millat majlisi, ya'ni parlamenti binosi isyonchilar tomonidan bombardimon qilingan edi.
Prezident o‘z chiqishida Turkiyaning halokatini tashqarida ko‘pchilik kutib turgani haqida gapirdi.
«Ko‘p dushmanlar Turkiya halokatini kutmoqda. Agar men ularning nomlarini sanay boshlasam, bu keng ko‘lamdagi xalqaro inqirozga olib kelishi mumkin», — degan Erdo‘g‘an.
U isyon tashkilotchisi sifatida ayblangan muxlolifatchi Fathulloh Gulen ayni vaqtda ham AQShdaligi, Pensilvaniya shtatida katta mulkka egalik qilishni eslatib o‘tgan.
Erdo‘g‘an 2016 yil iyulida isyon bostirilishi oqibatida xoinlar 40 yil tayyorgarlik ko‘rgan rejalar 20 soat ichida barbod bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan va buni umumxalq g‘alabasi deya baholagan.
Mavzuga oid
19:11 / 13.04.2025
CNN Turk: Rossiya va Ukraina 15-16 aprel kunlari Anqarada muzokaralar o‘tkazadi
17:48 / 07.02.2025
Anqarada qalbaki alkogoldan 33 kishi vafot etdi
01:02 / 24.10.2024
Anqaradagi terakt qurbonlari soni besh kishiga yetdi. Erdo‘g‘an Qozonga tashrifini yakunlamoqda
20:55 / 23.10.2024