Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rostov» Eldor Shomurodovni o‘z futbolchisi sifatida tanishtirdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi, shu vaqtgacha «Bunyodkor» safida to‘p surib kelgan Eldor Shomurodov rasman «Rostov» futbolchisiga aylandi.
Donliklar jamoasi 22 yoshli futbolchini o‘z a'zosi sifatidan tanishtirdi, bu hujumchi yangi jamoasida 14-raqamli futbolkada harakat qiladi.
Shartnoma 4 yil muddatga tuzilgan, kelishuvning moliyaviy jihatlari oshkor etilmagan.
«Rostov»da yana bir qator futbolchilar paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, jamoa rasmiy sayti aynan Shomurodovning tashrifini muxlislar uchun kutilmagan sovg‘a deb atadi.

Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 18 uchrashuv o‘tkazgan va 6 gol urgan.
Eldor Shomurodov futbolchilik faoliyatini 2011 yilda «Mash'al» klubida boshlagan, 2015 yilda esa "Bunyodkor"ga o‘tgan. «Bunyodkor»dagi ikki yarim yillik faoliyati mobaynida 83ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblari darvozasiga 22ta gol urdi.
Mavzuga oid
02:41 / 24.06.2026
Fabio Kannavaro va Eldor Shomurodov Portugaliyaga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi
10:25 / 23.06.2026
«Raqibdan qo‘rqmaymiz» – Kannavaro Portugaliya bilan o‘yin haqida
13:44 / 17.06.2026
Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi ehtiyotkorlik bilan o‘ynaymiz – Kannavaro
11:05 / 31.05.2026