Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada 30 dan ortiq kishi portlash tufayli tiriklayin yonib ketdi
Nigeriyadagi Kalabar erkin savdo zonasidagi neft omborxonasida yonilg‘ining portlashi natijasida 30 dan ortiq inson halok bo‘ldi, yana shuncha kishi turli darajadagi kuyish jarohatlarini oldi. Bu haqda Daily Post Nigeria nashri xabar bermoqda.
Keng ko‘lamli yong‘inga sabab bo‘lgan portlash ishchilar obektlarning biridan to‘kilgan yonilg‘ini konteynerlarga yig‘ishayotgan payt yuz berdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bunga to‘kilgan yonilg‘i yonida bir insonning chekib turgani sabab bo‘lgan. Boshqa taxminga ko‘ra esa, portlash ishchilardan biri yonilg‘ining bir qismini o‘g‘irlamoqchi bo‘lganida sodir bo‘ldi.
- Sizlarga shuni aytishim mumkinki, xavfsizlik bo‘yicha menejyer va kompaniyaning xavfsizlik xizmatidagi ba'zi xodimlar halok bo‘lishdi, - deya xabar qilgan yong‘inga guvoh bo‘lgan shaxslardan biri.
Mavzuga oid
17:16 / 01.06.2026
Maltadagi pirotexnika zavodida kuchli portlash ro‘y berdi
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
11:57 / 17.05.2026