Sport | 19:29 / 17.07.2017
7372
1 daqiqa o‘qiladi

Jyeparov «Istiqlol» tarkibida mashg‘ulotlarni boshlab yubordi

O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Server Jyeparov Tehronning “Istiqlol” klubi safiga borib qo‘shildi.

34 yoshli futbolchi qishqi transferlar vaqtida "Istiqlol" bilan 1,5 yarim yillik shartnoma imzolagan edi. Biroq FIFA tomonidan klubning yangi futbolchilarni qo‘shib olish huquqi bekor qilingach, Jyeparov Eronning boshqa bir jamoasi bo‘lgan "Sepahon" tarkibida 6 oy ijara asosida to‘p surgan edi. 

O‘zbekistonlik yarim himoyachi yangi jamoada mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan.

"Men Eronning katta klubiga o‘tganimdan xursandman. O‘z tajribamni klub foydasi uchun ishlatishga harakat qilaman. Bizda g‘olib bo‘lish uchun asosiy da'vogarlardanmiz", – dedi Jyeparov.  

Mavzuga oid