Jahon | 10:21 / 18.07.2017
3508
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada "xavfsizlik bo‘yicha supervazirlik" tashkil etiladi

Foto: Reuters

Avstraliya bosh vaziri Malkolm Tyornbull ichki ishlar vazirligini tashkil etish qarori haqida e'lon qildi. Uning tarkibiga xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi asosiy vazirlik va xizmatlar kiradi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi. 

"O‘zgarishlar bosqichma-bosqich amalga oshadi. Yangi vazirlikni shakllantirish kelasi yilning birinchi yarim yilida tugallanadi", - degan hukumat rahbari matbuot anjumanida. U yangi vazirlikka rahbarlik qilish vazifasini hozirgi immigratsiya va chegaralarni qo‘riqlash vaziri Piter Dattonga topshirdi. 

Mahalliy matbuot tomonidan "xavfsizlik supervazirligi", deb atalayotgan Avstraliya IIV tarkibiga migratsiya va chegara nazorati xizmati, Federal politsiya, Avstraliya xavfsizlik va razvedka xizmati (ASIO), moliyaviy razvedka milliy xizmati (AUSTRAC), huquqni muhofaza qiluvchi qator organlar va maxsus xizmatlar kiradi. Hukumat rahbarining aniqlik kiritishicha, ularning barchasi o‘z tuzilmalarini saqlab qoladi. Vazir ularning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajaradi. 

"Islohot bizning tizim ish bermagani uchun o‘tkazilayotgani yo‘q. Aksincha, xavfsizlik sohasida tez sur'atlarda o‘zgarayotgan vaziyat shuni talab qilmoqda", - degan bosh vazir. "Zamonaviy chaqiriqlarga samarali javob qaytarish uchun ancha ta'sirchan tuzilma kerak". 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid