Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: Britaniyaliklar Brexit foydali ekaniga shubha qila boshlashdi
Shu yilning fevral oyida mamlakatning YeI tarkibidan chiqishini 53 foizlik ko‘rsatkich bilan ma'qullagan Buyuk Britaniya aholisi Brexit jarayonining foydali ekaniga shubha qila boshlagan. The Guardian nashri buyurtmasiga binoan ICM kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga shunday deyishga asos bo‘lmoqda. Endilikda, so‘ralganlarning 46 foizi hammasi to‘g‘ri ekaniga ishonayapti, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Ayni vaqtda, Brexit bo‘yicha Bryusselda bo‘lib o‘tajak muzokaralar yakunlaridan so‘ng yana referendum o‘tkazish fikrini Birlashgan Qirollik fuqarolarining 32 foiziqo‘llab-quvvatlagan. Iyun oyida bu raqam 26 foizni tashkil etgandi.
"Jamoatchilik fikridagi bunday keskin o‘zgarishlarga xalq orasida Brexit natijasi borasida hukm surayotgan tushkun kayfiyat sababdir. Hozirda, tobora kamroq odamlar Brexit Britaniya iqtisodiyoti yoki Buyuk Britaniyadagi turmush farovonligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, deb o‘ylamoqda. Endilikda, so‘ralganlarning 29 foizi shunday fikrda. Fevral oyida bu qarashdagilar soni 38 foizni tashkil etgan edi. Farovonlik xususidagi ko‘rsatkichlar 33 foizga 41 foizdir", — deyiladi ijtimoiy so‘rov hisobotida.
Ta'kidlanishicha, Brexit foydasiga ishonchi susaygan fuqarolar, hozircha, butunlay tushkunlikka tushish niyatida emas. "Bu, albatta, tebranish, to‘liq taslim bo‘lish degani emas", — deyiladi hujjatda.
So‘rovnoma 14-16 iyul kunlari 18 yoshdan kattalar orasida o‘tkazilgan. Unda jami 2046 nafar odam qatnashgan.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026