Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh o‘z fuqarolariga KXDRga borishni taqiqladi
AQSh ma'muriyati amerikalik fuqarolarning KXDRga borishiga taqiq qo‘yish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Hezer Nauert juma kuni ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qadamga “Shimoliy Koreya huquqni muhofaza qilish tizimi doirasida AQSh fuqarolari hibsga olinishi va uzoq muddat qamoqda saqlanishi bo‘yicha jiddiy tahdid borligi” sabab bo‘lgan.
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson “barcha amerikalik fuqarolar uchun Shimoliy Koreyaga borish yoki u orqali boshqa davlatlarga o‘tish uchun pasportlardan foydalanishga maxsus geografik cheklov” kiritish tashabbusi bilan chiqdi, deya ta'kidlab o‘tgan Nauert.
Uning aniqlik kiritishicha, bu harakatlar amalda AQSh fuqarolari KXDRga bora olmasligini anglatadi, sababi bunda pasportning ishlatilishi Amerika qonunchiligining buzilishi bo‘ladi. "Shimoliy Koreyaga borish uchun AQSh fuqarolari maxsus ruxsatnomaga ega pasportni olishi talab etiladi", - deya ta'kidlab o‘tdi tashqi siyosat idorasi rasmiy vakili.
Amerika diplomatiyasining ushbu qarori AQSh hukumatining maxsus hujjatlar reyestrida joylashtirilganidan bir oy o‘tib kuchga kiradi. "Biz bildirishnomani Federal reyestrda kelasi hafta e'lon qilish niyatidamiz. Cheklov u e'lon qilinganidan 30 kun o‘tib kuchga kiradi", - deya aniqlik kiritdi Nauert.
Biroq, KXDRga “ma'lum bir gumanitar yoki boshqa maqsadlarda borishga harakat qiluvchi amerikalik fuqarolar” Davlat departamentiga maxsus belgiga ega pasportni olish uchun murojaat yo‘llashlari mumkin.
Avvalroq AQSh o‘z fuqarolariga Shimoliy Koreyaga borishni taqiqlab qo‘ymoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026