Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymarni «Real»da kutishmoqda
«Real» yarim himoyachisi Karlos Kasemiro Braziliya terma jamoasidagi safdoshi, «Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Kasemiro hazil ohangida Neymar «Real»ga ham kelishi mumkinligi haqida gapirgan.
«Barchasi Neymarning o‘ziga bog‘liq, u nega „Real“ga o‘tmasligi mumkin? Biz uni juda yaxshi kutib olgan bo‘lardik», — deya Kasemironing so‘zlarini keltirgan Goal.
«Neymar — zo‘r futbolchi, men uning o‘yinidan hayratga tushaman. U nima qilishni biladi, uni doim qo‘llab-quvvatlashadi. Uning otasi — ajoyib inson. Agar u „Barselona“dan ketsa, men u qayerda bo‘lmasin, omad tilayman. Neymar Braziliya uchun juda muhim», — deya davom etgan Kasemiro.
Mavzuga oid
11:49
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
20:47 / 22.04.2026
«Barselona» sobiq hujumchisi Neymar firibgarlik ishi bo‘yicha oqlandi
20:42 / 03.06.2025
Neymar qo‘l bilan gol urmoqchi bo‘ldi va qizil kartochka oldi
19:54 / 12.02.2025