Jamiyat | 20:30 / 25.07.2017
14463
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda «Qaynonalar kengashi» faoliyat ko‘rsatmoqda

O‘zbekistondagi 8 mingdan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inlarida «Qaynonalar kengashi» jamoat tuzilmasi tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Gulnora Ma'rufova O‘zAga bergan interyusida ma'lum qilgan.

Mazkur jamoat tuzilmalari faoliyati Toshkent va Andijon viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahrida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular faoliyati, amalga oshirayotgan ishlari Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari tomonidan o‘rganib borilmoqda.

«Qaynonalar kengashi» tomonidan «Muqaddas oila» g‘oyasi ostida «Baxtli oila», «Mustahkam oila», «Farovon oila», «Namunali oila» tushunchalarining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida samimiy suhbatlar tashkil etilmoqda.

Mustaqil hayot bo‘sag‘asida turgan qizlar o‘rtasida «Qaynonalik ilmi va san'ati», «Kelinlik ilmi» haqida ham suhbatlar uyushtirilmoqda. 

Mavzuga oid