O‘zbekiston | 10:00 / 04.07.2020
24299
1 daqiqa o‘qiladi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Gulnora Ma'rufova mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

Gulnora Ma'rufova O‘zbekiston mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidentining 2020 yil 3 iyuldagi PQ-4775-sonli qaroriga asosan Gulnora Mahmudovna Ma'rufova O‘zbekiston mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

Gulnora Ma'rufova 1956 yil 26 aprelda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 

2004 yildan 2020 yilning fevral oyiga qadar O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, 2020 yilning fevral oyidan shu vaqtga qadar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimda ishlab kelgan.

Avvalroq, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Elmira Bositxonova Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosariga aylangani xabar berilgandi. 

Mavzuga oid