Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yog‘-moy mahsulotlarining xavfsizligi reglament bo‘yicha aniqlanadi
Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 520-son qarori bilan Yog‘-moy mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi. Hujjat e'lon qilinganidan keyin 18 oydan so‘ng amalga kiritiladi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Texnik reglament talablari ro‘yxat bo‘yicha oziq-ovqat va nooziq-ovqat yog‘-moy mahsulotlari uchun majburiy hisoblanadi. Hujjat nosanoat ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarilgan yog‘-moy mahsulotlariga tatbiq etilmaydi.
Yog‘-moy mahsulotlarining xavfsizligiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
• sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari;
• ishlab chiqarish jarayoniga talablar;
• qadoqqa talablar;
• saqlashga talablar;
• tashishga talablar;
• muomalaga chiqarishga talablar.
Yog‘-moy mahsulotlarini identifikatsiyalash va muvofiqligini baholash, namunalarini tanlash va sinovdan o‘tkazish masalalari alohida bob bilan tartibga solinadi.
Texnik reglament joriy qilingunga qadar Milliy sertifikatlashtirish tizimi bilan o‘rnatilgan qoidalar qo‘llaniladi. U kuchga kirgunga qadar olingan sanitariya-epidemiologik xulosalar va muvofiqlik sertifikatlari ularda ko‘rsatilgan muddat mobaynida amal qilishda davom etadi.
Mavzuga oid
00:02 / 03.11.2025
Bekobodda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish sexi aniqlandi
07:52 / 06.10.2025
Hududlarda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holatlari aniqlandi
08:02 / 29.09.2025
Tanadagi yog‘ to‘planadigan joylar saraton xavfiga ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi
22:42 / 28.08.2025