Sog‘lom hayot | 08:02 / 29.09.2025
3137
4 daqiqa o‘qiladi

Tanadagi yog‘ to‘planadigan joylar saraton xavfiga ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi

700 000 dan ortiq odamda besh turdagi yog‘ birikmalarini tahlil qilgan xalqaro tadqiqot guruhi saratonning bir nechta turlarini rivojlanish xavfi organizmdagi yog‘ miqdoriga emas, balki uning to‘planish joyiga bog‘liqligini aniqladi.

Foto: pixabay

Bristol universiteti (Buyuk Britaniya)dagi Emma Hazelvud boshchiligidagi olimlar guruhi yirik genetik tadqiqotlarning yuz minglab ishtirokchilaridan ma’lumotlarni to‘plagan holda (maksimal namuna hajmi 728 000) beshta maxsus yog‘ deposi - ma’lum anatomik tuzilmalarda to‘plangan yog‘ zaxiralari: teriosti qorin bo‘shlig‘i, qorin bo‘shlig‘i yog‘i (teriosti yog‘i), visseral (qorin bo‘shlig‘ining ichki organlari atrofida), oshqozonosti bezi yog‘larini tahlil qildi.

Tahlilda Mendeleyev randomizatsiya usulidan foydalanilgan, u genetik jihatdan bashorat qilingan xavf omillari darajasining kasallik natijalari bilan bog‘liqligini aniqlash imkonini beradi. Journal of the National Cancer Institute'da chop etilgan ilmiy tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, qorin bo‘shlig‘idagi ortiqcha yog‘lar endometrial saraton (ayollarda bachadon saratoni), jigar saratoni va qizilo‘ngach adenokarsinomasi xavfini oshiradi, ammo ko‘krakbezi saratonining ba’zi agressiv shakllari xavfini kamaytiradi.

Visseral yog‘, o‘z navbatida, jigar saratoni xavfini to‘rt baravar oshirdi. Oshqozonosti bezida yog‘ to‘planishi endometrioid tuxumdon saratoni xavfini oshirdi, ammo proksimal yo‘g‘on ichak saratoni xavfini kamaytirdi. Aksincha, sondagi yog‘ himoya ta’sirini ko‘rsatib, ko‘krak saratoni va meningioma xavfini kamaytiradi.

Tadqiqotchilar, shuningdek, aniqlangan aloqa asosidagi mexanizmlarni ham ko‘rib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, qorin bo‘shlig‘idagi ortiqcha teriosti yog‘i jinsiy gormonlarni bog‘laydigan oqsil — globulin konsentratsiyasini kamaytirdi va mavjud testosteron darajasini oshirdi, bu endometrial saraton rivojlanish xavfini qisman tushuntiradi.

Bundan tashqari, qorin bo‘shlig‘idagi yog‘ bilan bog‘liq bo‘lgan qizilo‘ngach adenokarsinomasi ortishi xavfining taxminan 42 foizi insulinga o‘xshash o‘sish omillarining ta’sirini tartibga soluvchi protein bo‘lgan IGFBP-1 darajasi pasayishi bilan izohlanadi. Sondagi yog‘ning 27 foizga yaqini himoya ta’siri metabolizmni tartibga soluvchi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega bo‘lgan gormon adiponektin darajasining oshishi bilan bog‘liq.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, aholida jigar saratoni holatlarining uchdan bir qismi ortiqcha «xavfli» yog‘ to‘qimalari — visseral yog‘ va jigar yog‘i bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biroq, tana massasi indeksi har doim ham haqiqiy vaziyatni aks ettirmaydi: odam normal vaznga ega bo‘lishi, ammo jigarda yoki qorin bo‘shlig‘i a’zolari atrofida yuqori darajada yog‘ bo‘lishi mumkin.

Hazelvud va uning hamkasblari ta’kidlashicha, klinik amaliyot asta-sekin oddiy tana vaznini baholashdan aniqroq usullarga, masalan, MRT yoki biomarkerlar tahliliga o‘tishi kerak, bu yog‘ning aniq qayerda to‘planishini tushunishga imkon beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid