Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippindagi shahar hokimi giyohvandlikka qarshi reyd vaqtida o‘ldirildi
Filippindagi Ozamis shahri meri Reynaldo Parodjinog va yana 6 kishi giyohvandlikka qarshi reyd vaqtida o‘ldirildi.
Associated Press xabariga ko‘ra, 30 iyul kuni politsiyachilar merni, uning o‘rinbosari bo‘lgan qizini va yana to‘rt kishini qo‘lga olish uchun kelishgan. Ma'lum qilinishicha, gumondorlar o‘t ochishgan.
Politsiya shtabi boshlig‘i Timoto Pachebaning ma'lum qilishicha, Parodjinog, uning qarindoshlari va qo‘riqchilari o‘ldirilgan. Merning qizi esa qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mer bungacha narkobiznes bilan aloqalari mavjudligini inkor etib kelayotgandi.
Filippin prezidenti Rodrigo Dutertening narkotiklarga qarshi kampaniyasi ko‘p vaqtdan buyon olib borilmoqda. 2017 yilda kampaniyada kutilmagan burilish ro‘y berdi: endi uning nishoni narkopolitsiyachilarga bo‘lmoqda. Bunga kuchishlatar tizim vakillari koreyalik biznesmenni shantaj qilib, keyin o‘ldirishgani sabab bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:02 / 21.04.2026
Urush tugaganiga ishonmagan “samuray” – 1974 yilgacha Filippinda jang qilgan yapon zobiti kim edi?
14:27 / 17.03.2026
Toshkentda avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamaganlar javobgarlikka tortilmoqda
13:08 / 12.03.2026
Yo‘l bezoriligiga qarshi reydlarda yuzlab haydovchilarga chora ko‘rildi
15:09 / 24.02.2026