8 iyun kuni Filippin janubidagi Mindanao oroli qirğoqlarida yuz bergan 7,8 magnitudali zilzila sodir böldi. Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 07:37da sodir bölgan. Dastlabki zilziladan keyin 1 dan 6,7 balgaça gaça bölgan 130 dan ortiq afterşoklar qayd etildi.
Qirğoqböyi hududlarida zilzila elektr va aloqa tarmoqlarini vaqtinça işdan çiqardi, biroq keyinçalik ular qayta tiklandi. Zilzila episentri yaqinida joylaşgan General-Santos şahri Filippinning «tunes poytaxti» sifatida tanilgan.

BBC’ning mahalliy rasmiylarga tayanib yozişiça, zilzila oqibatida kamida 19 kişi halok böldi. Bir neçta viloyatda — Janubiy Kotabato, Sulton Qudarat, Sarangani — va General-Santos şahrida kamida 134 kişi jarohatlangan. Bu raqamlar hali tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etiş milliy agentligi tomonidan qayta tekşirilişi va tasdiqlanişi kerak.
Reutersʼning Fuqaro muhofazasi rasmiylariga tayanib yozişiça, hozirda tegişli idoralar Mindanao böylab bino parçalari qulaşi va yer köçkilari oqibatida 32 kişi halok bölgani hamda 134 kişi jarohatlangani töğrisidagi dastlabki xabarlarni tekşirmoqda. Zilzila oqibatlarini bartaraf qilişga Filippin harbiylar va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş guruhlarini safarbar qilingan.
Naşrning yozişiça, Tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş va boşqariş milliy kengaşining rasmiy hisoboti odatda hodisadan bir kun ötib e’lon qilinadi. Ular politsiya, mahalliy rasmiylar va humanitar yordam agentliklari kabi turli manbalardan olingan barça raqamlarni umumlaştirib, jadval körinişiga keltirişadi.
Binolar qulab tuşdi
Video va fotosuratlarda binolarning qulayotgani, jumladan, «Jollibee» tezkor taomlar restorani binosining butunlay vayronaga aylangani aks etgan.
Earthquake in General Santos City, The Philippines on June 8, 2026 pic.twitter.com/ye8LHYwVzB
— Noypi (@noypistuff) June 8, 2026














