Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda cho‘kayotganlarni qutqaruvchi boshqaruvchisiz kater paydo bo‘ldi
Xitoy sharqida joylashgan Tyane ko‘lida antiqa qutqaruvchi paydo bo‘ldi. Robotlashtirilgan tezkor kater uzoq masofaga suzib ketgan odamlarni mumkin bo‘lgan xavfdan ogohlantiradi va zarur bo‘lganda cho‘kayotganlarga suvdan chiqishlarida yordam beradi: cho‘kayotganlar uning bortiga ilashib olishlari mumkin. O‘ziyurar kater sohildan uzoqlashgan harakatdagi obektlarni kameralar, akustik va infraqizil datchiklar yordamida aniqlaydi. GPS koordinatalarni aniqlashga va olingan ma'lumotlarni radiosignal yordamida sohilga uzatishga yordam beradi. Dam olayotganlarning joylashgan o‘rni qutqaruv xizmati boshqarmasi markaziga uzatiladi.

Tezkor ishlash uchun maydoni 70 gektardan oshadigan ko‘l shartli kvadratlar – xavfsiz va xavfli hududlarga bo‘lingan, sohil bo‘ylab esa vaziyatni mnitoring qilish uchun qo‘shimcha datchiklar o‘rnatilgan. Bundan tashqari, Tyane qutqaruv xizmati ko‘lda falokatga uchraganlarga qutqarish vositalari, suv, oziq-ovqat, dori-darmon yetkazib beruvchi uchta dron olgan.

Hukumat 33 kishidan ibrat qutqaruv xizmati ommalashgan dam olish joyida osonlik bilan fojialarning oldini olishiga umid qilmoqda: mavsumda ko‘lga 10 minggacha xitoylik keladi. Bu yerda har yili 10-15 kishi cho‘kib ketadi.

Mavzuga oid
09:13 / 25.12.2025
Zelenskiy: Rossiya Xitoy sun’iy yo‘ldoshlari ma’lumotidan foydalangan bo‘lishi mumkin
15:21 / 22.12.2025
Xitoy noyabrda Rossiyadan rekord miqdorda oltin sotib oldi
18:22 / 20.12.2025
Xitoydan olib kelingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chegarada ushlab qolinayotganiga izoh berildi
07:52 / 20.12.2025