Jamiyat | 16:53 / 31.07.2017
3029
1 daqiqa o‘qiladi

Sanofi farmatsevtik kompaniyasining daromadi 10,4 foizga qisqardi

Foto: Reuters

Fransiyaning yirik farmatsevtik kopaniyasining 2017 yil 2-choragidagi daromadi 1 mlrd yevroni tashkil etdi. Bu bir yil avvalgi shu davrga nisbatan 10,4 foizga kam demakdir. Kompaniya hisobotida shu haqda so‘z boradi. 

Biroq hisobot davridagi sof tushum 6,4 foizga o‘sib — 8,6 mlrd yevrodan iborat bo‘lgan.

Vaktsinalar ishlab chiqaruvchi Sanofi Pasteur shoxobchasining tushumi bir yilda 26 foizga oshib, 1 mlrd yevroga yetgan. Qandli diabet va yurak-qon tomir kasalliklariga qarshi dori-darmonlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Diabète & Cardiovasculaire bo‘limi tushumi aksincha 15 foizga pasayib, 1,4 mlrd yevroni tashkil etgan.

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid