Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tayvanda ro‘y bergan tabiiy ofatlarda 130 dan ortiq kishi jabrlandi
So‘nggi kunlarda Tayvanga Nesat va Haitang nomli ikkita dengiz to‘foni yopirildi. Tabiiy ofat hukmronligi sababli orolning turli tumanlarida kamida 131 kishi jabrlandi, yana bir kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda, deb xabar qilgan CNA agentligi.
To‘fonlar kuchli yog‘ingarchilik keltirgan va buning oqibatida orolning turli tumanlarida ko‘chki sodir bo‘lish ehtimoli ortgan. 279 aholi punkti suv ostida qolgan.
Noqulay ob-havo asosiy xizmatlar faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatdi. 650 ming aholi turarjoylarida elektr tarmog‘idan uzilish hollari kuzatildi. Ko‘p sonli avtomobil yo‘llari to‘sib qolindi. Buning oqibatida avtobus qatnovi ham izdan chiqdi.
Mahalliy hukumatga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga yetkazilgan zarar 5,8 million dollarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
18:08 / 28.10.2025
Tojikistonda Ismoil Somoniy muzligining katta qismi uzildi
14:11 / 31.07.2025
Ashxobodning vayronaga aylanishidan Andijondagi fojiagacha – yaqin tarixdagi eng dahshatli zilzilalar
20:08 / 05.07.2025
Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari uchun kiborg-qo‘ng‘iz yaratildi
20:33 / 12.06.2025