Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kun» nigohi: Bugungi imtihondan fotosuratlar
Foto: Kun.uz
«O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmalar majmuasi binolarida Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. «Kun» muxbirlari joylarda bo‘lib, jarayonni yoritishdi.
Joriy yilda barcha OTMlarga kirish imtihonlari ancha kuchli nazorat ostiga olindi. Xususan, Toshkent davlat yuridik universitetiga imtihon jarayonida tekshirish, kuzatish va nazorat ishlariga Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xodimlari, ichki ishlar xodimlari, bojxona, prokuratura, milliy xavfsizlik xizmati hamda universitet xodimlaridan iborat guruhlar jalb qilingan. Abituriyentlar ikki tartibda tashqi va ichki nazoratdan o‘tkazildi.
Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish imtihonlarida qator abituriyentlardan shpargalka, turli kommunikatsiya aloqalari topilgan. Ularga nisbatan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, test imtihonlaridan chetlashtirildi.
Quyida Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish imtihonlari tasvirlangan fotojamlanma taqdim etiladi.


























Video: Toshkentdagi test imtihonlarida shpargalka “ovi”
Mavzuga oid
18:52 / 15.11.2025
"Umummilliy Konstitutsiya imtihoni" o‘tkaziladi
17:56 / 31.10.2025
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qanday topshirish mumkin: tajriba, narxlar, tayyorgarlik va u nima uchun kerak?
12:42 / 16.09.2025
Bakalavrga testda imtihonsiz maksimal ball beriladigan sertifikatlar ro‘yxati yangilandi
18:11 / 15.09.2025