O‘zbekiston | 12:42 / 16.09.2025
3648
2 daqiqa o‘qiladi

Bakalavrga testda imtihonsiz maksimal ball beriladigan sertifikatlar ro‘yxati yangilandi

Foto: Getty Images

Hukumat qaroriga binoan, 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida test sinovlari tarkibida chet tili fani bor bo‘lsa, ayrim sertifikatlar uchun imtihonsiz maksimal ball beriladi.

Ingliz tili

➖ endi faqat Academic IELTS 5.5  qabul qilinadi, General Training hisob emas (ilgari qaysi turi — Academic yoki General Training ekanligi aniqlashtirilmagan edi);
➖ TOEFL iBT 72 saqlanib qoladi;
➖ Cambridge English Qualifications tizimidagi imtihonlar aniqlashtirildi:
B2 First (FCE);
C1 Advanced (CAE);
C2 Proficiency (CPE).
Linguaskill chiqarib tashlandi.

Yapon tili

➖ endi faqat B2 daraja milliy sertifikat qabul qilinadi;
 Japanese Language Proficiency Test — JLPT N2 chiqarib tashlandi.

Nemis tili

➖ hech narsa o‘zgarmadi, avvalgidek milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD) va TestDaF sertifikatidan B2 daraja talab etiladi.

Fransuz tili

➖ endi faqat B2 daraja milliy sertifikat qabul qilinadi;
Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF) chiqarib tashlandi;
Test de Connaissance du Française (TCF4) chiqarib tashlandi.

Boshqa tillar

➖ hech narsa o‘zgarmadi, avvalgidek B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat talab etiladi.

Asosiy xulosa:

IELTS faqat Academic turda bo‘lishi shart;
Linguaskill, JLPT, DELF, TCF — endilikda hisobga olinmaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid