Özbekistonda IELTS imtihonini qanday topşiriş mumkin: tajriba, narxlar, tayyorgarlik va u nima uçun kerak?
|22:56 / 31.10.202522 80123 min
"Şu yilning may oyida Toşkentdagi IDP markazida IELTS imtihonini topşirdim va 7.0 ball oldim. Bu mening ilk tajribam bölib, u kutganimdan köra qiyinroq böldi. Tayyorgarlik jarayonida bu nafaqat ingliz tili böyiça, balki rejalaştiriş, intizom va xarajatlar böyiça ham imtihon ekanligini tuşundim" deb hikoya qiladi Asal Ravşanova.
Foto: Getty imagesFoto: Getty images
Şu bilan birga, Özbekistonda ta’lim, immigratsiya yoki kasbiy ösiş maqsadida IELTS imtihonini topşiruvçilar soni tobora ortib bormoqda. Lekin köpçilik hali ham nimadan boşlaşni, modulni qanday tanlaşni va natija haqiqatan ham foydali bölişi uçun nimalar kerakligini bilmaydi.
Uşbu maqolada men IELTS nima uçun kerakligi, uni qayerda topşiriş mumkinligi, tayyorgarlik qançaga tuşişi, imtihon qanday ötişi va unga vaqt hamda pulni yöqotmasdan qanday tayyorgarlik köriş haqida aytib ötaman.
IELTS sertifikati ikki yil amal qiladi. Uning natijalari dunyo böylab 150 dan ortiq mamlakatda tan olinadi.
IELTS nima uçun kerak?
IELTS — xorijiy universitetlarga öqişga kirişdagi asosiy vositalardan biri bölib qolmoqda. Sertifikat 150 dan ziyod mamlakatda, jumladan, Britaniya, Kanada, Janubiy Koreya, Malayziya, Vengriya, Turkiya va BAAda qabul qilinadi.
Aksariyat özbekistonliklar IELTS imtihonini aynan xorijda öqiş uçun — bakalavriat, magistratura yoki stipendiya dasturlariga kiriş maqsadida topşiradilar. IELTS köplab talabalar uçun xalqaro stipendiya dasturlarida qatnaşiş kaliti hisoblanadi.
Ularning eng maşhurlari - Chevening (Buyuk Britaniya), Erasmus+ (Yevropa Ittifoqi), Fulbright (AQŞ) va MEXT (Yaponiya). Bu dasturlar ta’lim, yaşaş va parvoz xarajatlarini qoplaydi, qabul komissiyasi esa amaldagii IELTS yoki boşqa xalqaro ingliz tili imtihoni sertifikatini talab qiladi.
Academic Module akademik maqsadlar uçun möljallangan: u öqişda zarur bölgan esse yoziş, matnni tahlil qiliş va ma’ruzalarni tuşuniş kabi könikmalarni baholaydi.
Misol:
Odatda, Yevropa va Osiyo universitetlari talabalarni 6.0 ballik natijadan boşlab qabul qiladi; magistratura va doktorlik dasturlari uçun esa köpinça 6.5–7.0 va undan yuqori ball talab qilinadi.
Mavzuga oid
Öqiş uçun IELTS
Ingliz tilini biliş va IELTS sertifikatiga ega böliş nafaqat xorijda, balki Özbekistonning özida ham muhim ahamiyatga ega bölib bormoqda. Bu orqali xalqaro universitetlarda öqişdan tortib, kasbiy ösiş dasturlarida qatnaşişgaça kabi imkoniyatlar kengaymoqda.
IELTS sertifikati mamlakat içida quyidagilar uçun köproq kerak:
Xalqaro dasturlarga ega oliy öquv yurtlariga kiriş uçun (WIUT, MDIS, TEAM, Amity, Akfa University);
El-Yurt Umidi davlat dasturida qatnaşiş uçun amaldagi IELTS yoki boşqa xalqaro ingliz tili sertifikati talab etiladi.
Oliy ta’lim muassasalariga kirişda xorijiy til böyiça B2 (5.5–6.5 ball) yoki undan yuqori darajadagi davlat namunasidagi sertifikatga ega abituriyentlar afzallikka ega böladilar. Batafsil bu yerda - Kun.uz
El-Yurt Umidi jamğarmasi şartlari haqida Özbekiston Respublikasi hukumat portali
Iş uçun IELTS
IELTS nafaqat xorijda öqiş, balki immigratsiya uçun ham kerak. Masalan, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyada kundalik va professional muhitda ingliz tilini bilişni baholaydigan General Training moduli talab etiladi,
Misol:
Kanadaga iş vizasi (Express Entry) CLB şkalasi böyiça umumiy ball 6.0dan boşlanadi, ammo talablar provinsiya va kasbga qarab farq qilişi mumkin.
Özbekistonda tobora köproq mutaxassislar IELTSni kasbiy könikmalarni rivojlantiriş va xalqaro mehnat bozoriga çiqiş uçun qadam sifatida körmoqdalar. Sertifikat nafaqat immigratsiyada, balki xorijiy taşkilotlar va xorijiy hamkorlar bilan işlaydigan kompaniyalarga işga joylaşişda ham yordam beradi.
IELTS uçun pulni qaytarib oliş mumkinmi?
Davlat ingliz tilini örganişni qöllab-quvvatlaydi. Özbekistonda IELTS imtihoni uçun xarajatlarni qoplaş dasturi amal qiladi, agar iştirokçi 7.0 va undan yuqori ball olgan bölsa.
Ma’qullangan taqdirda, kompensatsiya iştirokçining hisob raqamiga Xazna ilovasi orqali ötkaziladi — bu davlatning elektron tölovlar platformasi. Odatda jarayon tizimning yuklamasi va taqdim etilgan hujjatlarning töliqligiga qarab 2–3 haftagaça davom etadi.
Muhim: Ariza bir marta — faqat sönggi amaldagi sertifikat uçun beriladi. Kompensatsiya qayta topşirişlar yoki qisman natijalarga tatbiq etilmaydi.
Röyxatdan ötişda IELTS on computer yoki IELTS on paper formatini tanlaş kerak. Ikkala variant ham bir xil şkala böyiça baholanadi va bir xil şaroitlarda ötkaziladi, faqat topşiriqlarni bajariş usuli farq qiladi.
IELTS on computer (kompyuterda)
Imtihon rasmiy markazlarning kompyuter auditoriyalarida ötkaziladi
Javoblar klaviatura orqali kiritiladi, natijalar esa tezroq — odatda 3–5 kun içida çiqadi
Speaking (oğzaki qism) har doim qoğo formatdagi kabi şaxsan imtihon oluvçi bilan ötkaziladi
Bu format tez yozadigan va zamonaviy interfeysni afzal köruvçilar uçun qulay
IELTS on paper (qoğozda)
Vazifalar qölda bajariladi, javoblar maxsus blanklarga yoziladi
Tekşiriş uzoqroq vaqtni oladi: natijalar taxminan 13 kundan söng e’lon qilinadi
Qoğoz variantini köproq matn bilan qoğozda işlaşga odatlanganlar va yozuvda kamroq xato qiladiganlar tanlaydi
Muhim: Hozir Özbekistonda faqat IELTS on computer formati mavjud, ammo struktura va baholaş mezonlari qoğoz varianti bilan bir xil.
Har ikki modul tört qismdan iborat (Listening, Reading, Writing, Speaking), biroq Reading va Writing topşiriqlari biroz farq qiladi.
2. Imtihon formati
Özbekistonda faqat IELTS on computer formati mavjud
Imtihon IDP va British Council rasmiy markazlarida ötkaziladi, natijalar 3–5 kun içida çiqadi
3. Şahar va sanani tanlaş
Röyxatdan ötiş formacida şaharni tanlang (Toşkent, Samarqand yoki vaqtinça oçiq markazlar)
Tizim sizga mavjud sanalar va imtihon boşlaniş vaqtini körsatadi
Ommabop sanalar, ayniqsa dam oliş kunlari tez tölib qoladi, şu bois 3–4 hafta oldin bron qilgan ma’qul
4. Tölov
Tölov onlayn, röyxatdan ötiş paytida, banka kartasi orqali amalga oşiriladi (UZCARD, HUMO yoki xalqaro Visa/MasterCard)
Muvaffaqiyatli tölovdan söng elektron poçtaga imtihon sanasi, vaqti va markaz manzili körsatilgan tasdiqnoma keladi
Tölovsiz röyxatdan ötiş töliq deb hisoblanmaydi
5. Tasdiqlaş
Imtihondan 1–2 kun oldin elektron poçta va SMS orqali eslatma keladi
Imtihonga pasport bilan boriş şart, usiz qatnaşiş mumkin emas
IELTSga röyxatdan ötişdan oldin nimalarni biliş kerak?
Format va imtihon sanasini 1–2 oy oldin tanlagan ma’qul, çunki taniqli joylar tez tölib qoladi, ayniqsa dam oliş kunlari va universitetlarga hujjat topşiriş muddati yakunlanişidan oldin.
IELTS sertifikati berilganidan boşlab 2 yil davomida amal qiladi, şuning uçun sanani tanlaşda universitet yoki grant dasturiga hujjat topşiriş muddatini hisobga oliş zarur.
Imtihon kuni röyxatdan va hujjat tekşiruvidan bemalol ötiş uçun markazga ertaroq, taxminan 30 daqiqa oldin yetib boriş kerak. Yoningizda pasport bölişi şart, usiz imtihonga kirişning imkoni yöq.
Maslahat: Imtihon sanasini şunday tanlangki, sizda tayyorgarlik uçun kamida 3 oy vaqt qolsin. Bu natijani heç bölmaganda 1 ballga oşiriş uçun yetarli vaqtdir.
Imtihon qanday ötadi va unga qanday tayyorlaniş kerak?
Imtihon tört qismdan iborat: Listening, Reading, Writing va Speaking (eşitib tuşuniş, öqiş, yoziş va sözlaşiş).
IELTS nafaqat ingliz tilini bilişni, balki test formati bilan işlaş könikmasini ham baholaydi. Hatto ingliz tilini biliş darajasi yuqori bölsa ham, vaqtni töğri taqsimlaş yoki topşiriqlar qanday bölişini bilmaslik natijani pasaytirişi mumkin.
Reading va Writing da matn strukturasini tez anglaş va asosiy detallarni ajratib oliş muhim. Listening da diqqatni detallarga qaratiş kerak, çunki audioyozuv faqat bir marta eşittiriladi. Speaking da nafaqat mukammal gapiriş, balki javoblarni işonç bilan va mantiqiy şaklda bayon qiliş muhim.
Barça qismlar 9 balli şkala böyiça baholanadi. Yakuniy natija — bu törtta bahoning 0,5 ballga yaqinlaştirilgan holdagi örtaça balli.
Imtihonning tuzilişi
Imtihon tört qismdan iborat bölib, har birida alohida könikma tekşiriladi va 2,5–3 soat davom etadi.
Listening (eşitiş) – 40ta savol, 30 daqiqa
Reading (öqiş) – 3ta matn, 40ta savol, 60 daqiqa
Writing (yozuv) – 2ta topşiriq, 60 daqiqa
Speaking (gapiriş) – imtihon oluvçi bilan oğzaki intervyu (10–15 daqiqa), yozma imtihon kuni yoki uning ertasiga ötkazilişi mumkin
Listening - eşitiş
Bir qaraşda Listening qismi oddiydek körinsa ham, amalda aynan şu qism eng köp diqqatni talab qiladi: bir vaqtning özida yozuvni eşitiş va javoblarni yozuvni qayta eşitiş imkoniyatisiz yoziş kerak böladi.
iels.org saytidagi namuna yozuvlar bilan işlang, u yerdan real namunalarni köçirib oliş mumkin
Imloga e’tiborli böling: agar söz xato yozilsa, vazifani töğri tuşunganingizga qaramasdan javob notöğri hisoblanadi
IELTS birinçi topşiriği namunasi
Öz tajribamdan:
Menga ingliz tilidagi filmlarni tomoşa qilayotganimda eşitgan ism va raqamlarni yoziş odati yordam berdi. Bu maşq diqqatni va ayniqsa, Listening uçun muhim bölgan - eşitilgan ma’lumotni tez aniqlaş qobiliyatini rivojlantiradi.
Imtihonda audioyozuv faqat bir marta eşittiriladi, şu bois nafaqat umumiy ma’noni tuşuniş, balki aniq detallar - (raqamlar, manzillar, familiyalar)ni ilğab oliş kerak. Listening qismida “ikkinçi imkoniyat” yöq: javobni töğrilab bölmaydi.
Muntazam maşqlar miyaga inglizça nutqni avtomatik ravişda “tutib oliş”ga yordam beradi. Buning uçun qisqa videolar, podkastlar yoki yangiliklar mos keladi — asosiysi, doim qölda ruçka bilan tinglaş. Muhim sözlar, sanalar va ismlarni yozib qöyiş, söngra subtitrlar orqali tekşiriş mumkin.
Reading - öqiş
Bu qismda nafaqat butun matnni tuşuniş, balki kerakli ma’lumotni tez topiş muhim. Topşiriqlar ma’noni tuşunişdan köra, vaqt bosimi ostida matn bilan işlaş, kalit sözlarni ajratiş, detallarga e’tibor beriş va ularni savollar bilan soliştiriş qobiliyatini tekşiradi.
Eng keng tarqalgan xatolardan biri, har bir jumlani tarjima qilişga uriniş. Bu vaqtni oladi va matn strukturasini körişga xalaqit beradi.
Maslahatlar:
“Skanerlaş” usulidan foydalaning: har bir jumlani tuşunişga harakat qilmang, matndan savolga mos keladigan kalit söz, sana, ism va terminlarni izlang. Bu kerakli parçani topiş va vaqtni tejaşga yordam beradi.
Vaqtni taqsimlang. Har bir topşiriqqa taxminan 20 daqiqa beriladi. Qiyin savollarda turib qolmang: ularni ötkazib yuboring va oxirida qayting. Asosiysi, ayrimlarida ikkilansangiz ham barça 40ta savolga javob beriş.
Topşiriq turlarini örganing. IELTS da True/False/Not Given, Matching Headings, Gap Fill va boşqa formatlar uçraydi. Ularning mantiğini tuşuniş strategiyani oldindan tanlaşga: javobni qayerdan izlaş, qança ma’lumot kerakligi va öxşaş javoblarda çalğib qolmaslikka yordam beradi.
Köpçilik uçun imtihonning eng qiyin qismi. Bu yerda nafaqat bexato yoziş, balki matnning mantiqiy va işonçli tuzilişi ham muhim.
Maslahatlar:
Esse tuzilişini örganing. Introduction – Body – Conclusion şablonini avvaldan örganing. Birinçi abzatsda mavzu va pozitsiyani belgilang, asosiyda misollar bilan ikkita argument keltiring, xulosada esa natijani qisqaça bayon eting. Aniq tuzilma imtihon oluvçiga matn mantiğini körişga yordam beradi.
Grammatika va ifodalarga e’tibor bering. Gap tuziş, artikl va zamonlardagi xatolar ballni pasaytiradi. Murakkab konstruksiyaga işonçingiz töliq bölmasa, soddaroq yozing. IELTS “iboralarning çiroyli” yozilişini emas, aniqligini baholaydi.
Vaqtni taqsimlaşni maşq qiling. Task 1 (diagramma yoki xatni ifodalaş)ga 20 daqiqa, Task 2 (esse)ga — 40 daqiqa beriladi. Imtihonda nafaqat yoziş, balki mayda xatolarni töğrilaş uçun matnni qayta öqib çiqiş ham muhim.
Öz tajribamdan:
Men har kuni taymerni 40 daqiqaga qöyib bittadan esse yozardim. Bu çeklangan vaqtga könikiş va avtomatizmga örgatdi: mavzuni körişing bilan darhol uning tuzilişi va argumentlar haqida öylaysan.
IELTS Writing qismi böyiça ikkinçi topşiriq namunasi
Speaking — sözlaşiş
Intervyu 10–15 daqiqa davom etadi va uç bosqiçdan iborat: özingiz haqingizda qisqa savollar, kartoçka böyiça monolog va abstrakt mavzuda dialog. Imtihon oluvçi ideal talaffuzni emas, balki sözlaş tezligi, mantiq va turli grammatik şakllarni qöllaş könikmasini baholaydi.
Maslahatlar:
Işonçli, lekin şoşmasdan gapiring. Imtihon oluvçi sizning tez gapirişingizni baholamaydi, muhimi, javoblar mantiqiy va uzun pauzalarsiz bölişi kerak.
Pauza qiliş — xato emas. “Eee” yoki “you know”dan köra qisqa pauzalar yaxşiroq.
Sodda, lekin aniq ifodalardan foydalaning. Söz boyligingizni körsatişga harakat qiling, lekin gaplarni haddan taşqari murakkablaştirmang. Murakkab, lekin xato gapirgandan köra oddiy va töğri gapirgan yaxşi.
Öz tajribamdan:
Speaking qismida menga fotosuratlar töğrisida savol tuşdi: oxirgi marta qaçon suratga tuşdim, kim suratga oldi va qanday sabab bilan? Men Past – Present – Future strategiyasini qölladim: dastlab bu qaçon va qayerda bölganini, keyin hozirda bu fotosuratlarga qanday yondaşişimni va ular men uçun nega muhimligini aytdim.
Bu usul mantiqiy javob tuziş, fikrni yöqotmaslik va turli grammatik şakllarni egallaganlikni körsatişda yordam beradi. Uni har qanday mavzu — “sevimli joyingiz”dan tortib “siz hayotda usiz yaşolmaydigan narsa”gaça qöllaş mumkin.
IELTS ga tayyorgarlik faqat ingliz tilini örganiş emas, balki strategiya maşğuloti hamdir. Imtihon oluvçi nafaqat bilimni, balki topşiriqlarni formatga muvofiq hal qilişni ham baholaydi, şu sababli jarayonga tizimli yondaşiş va maşğulotlar jadvalini tuziş muhim.
Maslahatlar:
Sinov testdan boşlang. Bu sizning hozirgi darajangizni aniqlaş va qaysi qismlar köproq e’tibor talab qilayotganini körsatişga yordam beradi. Bepul sinov testidan IELTS.org yoki British Council saytida ötiş mumkin — formati haqiqiy testga töliq mos keladi.
Maqsadni aniqlang. Öqiş uçun 6.5 va immigratsiya uçun 7.0 ball örtasidagi farq kiçikka öxşaydi, lekin amalda bu qöşimça soatlarni talab qiladi. Maqsad mos kurs, ustoz va maşğulotlar sur’atini tanlaşga yordam beradi.
Tayyorgarlik kundaligini yuriting. Qanday topşiriqlar qiyinçilik tuğdirişini yozib boring va ösişni qayd eting. Kundalikni körib çiqiş orqali qanday xatolar qayta takrorlanayotganini aniqlaş mumkin – bu natijaga erişişni tezlaştiradi.
Onlayn-resurslardan foydalaning. YouTube da sobiq imtihon oluvçilar tuşunçalar va real misollar bergan köplab bepul kanallar mavjud. IELTS Liz, E2 English, AcademicEnglishHelp dan foydalaning, ularda har bir qism böyiça amaliy videolar bor.
Agar budjetingiz kötarsa, öqituvçi toping. U darajangiz Intermediate dan yuqori bölganida tipik xatolarning oldini oliş va strategiyani töğrilaşga yordam beradi.
Öz tajribamdan
Men tayyorgarlikni ikki oyça oldin boşladim. Birinçi haftada kuniga bir soatdan şuğullandim, keyin uç soatga oşirdim. Bir oydan keyin nafaqat sözlarni, balki topşiriq formatini: qismlar örtasida qanday ötiş, kerakli ma’lumotni qanday izlaş va vaqtni qanday taqsimlaşni ham tuşuna boşlaganimni sezdim.
Imtihon strukturasi bilan tanişganingizda ingliz tili boşqaça, darsdagidek emas, balki barçasi mantiqqa va tafsilotlarga böysungan tizim sifatida qabul qila boşlaysiz.
Natijalar qaçon çiqadi va sertifikatni qanday oliş mumkin?
Imtihondan keyin natijalar çiqişini hayajon bilan kuta boşlaysiz. Yaxşi xabar: Özbekistonda sertifikat oliş jarayoni yaxşi yölga qöyilgan.
Tekşiriş muddatlari
Tezlik tanlangan imtihon formatiga boğliq:
IELTS on computer — natijalar 3–5 kundan söng çiqadi
IELTS on paper — tekşiruv 13 kalendar kunni taşkil etadi
IDP Uzbekistan — sertifikatni ofisda şaxsan oliş mumkin
British Council Uzbekistan — markazda yoki poçta orqali oliş mumkin
Öz tajribamdan:
Men IDP Uzbekistan markazida IELTS (on paper) topşirdim. Imtihondan 13 kun ötgaç, natijalar tayyor bölgani haqida elektron poçtamga xat va SMS xabarnoma keldi. Maktubda barça qismlar böyiça natijalarni tekşiriş uçun rasmiy saytga havola bor edi. Mening umumiy natijam 7.0 ballga teng böldi.
Natijalar e’lon qilinganining ertasi kuni IDP ofisida qoğoz sertifikatni oldim. Sertifikatni oliş uçun pasport bilan şaxsan boriş lozim, jarayonga beş daqiqadan kamroq vaqt ketadi.
Sertifikatning amal qiliş muddati
IELTS sertifikati imtihon sanasidan boşlab 2 yil davomida amal qiladi. Uşbu muddat tugagaç, sertifikat uzaytirilmaydi — qayta imtihon topşiriş talab etiladi.
Natijaga rozi bölmasangiz nima qiliş kerak?
Ba’zida qatnaşçilar öz ballari, ayniqsa Writing yoki Speaking qismlarida pasaytirilgan degan fikrda bölişadi. Bunday hollarda baholaşni qayta körib çiqiş — Enquiry on Resuls (EOR) uçun sörov yuboriş mumkin.
Bu qanday işlaydi:
Ariza IDP Uzbekistan yoki British Council orqali onlayn yoki imtihon markazida beriladi.
Qayta tekşiruv uşbu markazga aloqasi bölmagan mustaqil imtihon oluvçi tomonidan ötkaziladi.
Agar baho haqiqatan özgarsa, tölangan mablağ qaytarib beriladi.
Arizani körib çiqiş ariza berilgan vaqtdan boşlab olti haftagaça muddatni taşkil qiladi.
Maslahat:
Apellyatsiya berişdan oldin xato ehtimolini diqqat bilan baholang. Agar faqat bitta qism şubha tuğdirayotgan bölsa va farq kiçik - atigi 0,5 ball atrofida bölsa, natijani oşiriş imkoniyati bor, lekin bunga aniq kafolat yöq.
Özbekistonda IELTSga tayyorgarlik köriş va imtihon topşiriş uçun neça pul ketadi?
Imtihon formati va sanasini tanlanganidan söng asosiy — tayyorgarlik va imtihon uçun qança pul ketişi haqidagi savol paydo böladi.
Şuni alohida e’tiborga oliş lozimki, oddiy ingliz tili kurslari IELTS maxsus tayyorgarlik kurslaridan arzonroq, çunki ular imtihon formatiga emas, umumiy til örgatişga möljallangan.
Yakun
Repetitor va kurslar narxi öqituvçining darajasi, maşğulotlar soni va hududga boğliq. Kursni tanlaşdan oldin takliflarni soliştiriş va narxlarni til markazining özida aniqlab oliş kerak. Mustaqil tayyorlaniş va imtihon topşiriş uçun kamida 3 mln söm ketadi, repetitor bilan töliq dastur esa 12 mln sömgaça tuşadi. Lekin eng qimmat kurslar ham yuqori natijani kafolatlamaydi. Barçasini muntazam maşğulotlar, şaxsiy motivatsiya va amaliyot uçun qança vaqt sarflanişi hal qiladi. Repetitor yönaliş berişi mumkin, lekin asosiy iş sizning zimmangizda böladi.
Agar natija kutilganidek bölmasa, imtihonni qayta topşiriş mumkin. Xar bir yangi tajriba formatni tuşuniş va ballni oşirişga yordam beradi.
Nimalarni yodda tutiş kerak?
IELTS ni IDP yoki British Council Uzbekistan orqali topşiriş mumkin
Sertifikat 2 yil amal qiladi
Format: Academic — öqiş uçun, General — işlaş va immigratsiya uçun
7.0 va undan yuqori ball —my.gov.uz orqali xarajatlarni qaytariş imkonini beradi
Natijalarni tekşiriş: on computer — 3–5 kun, on paper — 13 kun
Sertifikat markazda beriladi yoki poçta orqali yuboriladi
Tayyorgarlik=strategiya: yodlamang, balki vazifalarni format böyiça yeçişni örganing
Qayta topşirişdan qörqmang — ikkinçi urinişdayoq ösiş közga taşlanadi