O‘zbekiston | 18:23 / 02.08.2017
7868
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro Press-klub sayyor sessiyalarni o‘tkazadi

O‘zbekistonda tobora ommalashib, jamiyatdagi turli muammo va kamchiliklarni muhokama qilishni ajoyib tarzda yo‘lga qo‘yib kelayotgan Xalqaro Press-klub yangi formatdagi uchrashuvlarni tashkil etishni rejalashtirmoqda. 

Xalqaro Press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev 2 avgustda bo‘lib o‘tgan birinchi sessiya yakunida ma'lum qilishicha, XPK sessiya o‘tkazishning yana bir formatini joriy qilmoqda. XPK “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “O‘zbekiston 24” teleradiokanali bilan hamkorlikda viloyatlarda sayyor sessiyalarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. 

Sh.Qudratxo‘jayevning ma'lum qilishicha, ilk shunday sessiyalar Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarida bo‘lib o‘tadi. 

Uning aytishicha, Mustaqillik bayramigacha bu jarayon davom etadi va Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shahrida yakunlanadi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid