Jahon | 13:01 / 02.08.2017
5600
1 daqiqa o‘qiladi

Reuters: 2017 yilda Suriyada rossiyalik 40 harbiy halok bo‘ldi

Foto: NTV

2017 yilda Suriyada kamida 40 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi, shuningdek, harbiy kampaniyadagi rus qismlari vakillari halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, hayotdan ko‘z yumganlar soni Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy ma'lumotlaridan farq qiladi. Mamlakat mudofaa vazirligi 10 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan. Agentlikning aniqlik kiritishicha, Suriyada 2017 yilda halok bo‘lganlar orasida – 21 yollanma harbiy va 17 harbiy bor. Reuters yana ikki kishining shaxsini aniqlay olmagan.

Ta'kidlanishicha, Mudofaa vazirligi va Kreml bu borada izoh bermagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid