O‘zbekiston | 18:05 / 03.08.2017
30630
1 daqiqa o‘qiladi

Bobur Alixonov MTRKning yangi raisi bo‘ldi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi rahbariyatidagi o‘zgarish haqida rasmiy ma'lumot berildi.

2 avgust kuni raislikdan ketgan Xurshid Mirzohidov o‘rnini taniqli jurnalist Bobur Botirovich Alixonov egallagan.

U hozirda kompaniya raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. 

Bobur Alixonov aprel oyidan buyon kompaniya raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. U 1983 yildan beri televideniyeda turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.

Mavzuga oid