Özbekiston Respublikasining Qirğiziston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elçisi tayinlandi.

Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, 2020 yil 30 may kuni Özbekiston Respublikasining Qirğiziston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elçisi lavozimini egallagan Xurşid Mirzohidov Bişkek şahriga yetib kelgan.

Xurşid Mirzohidov 1971 yili Toşkent şahrida tuğilgan. Ma'lumoti oliy. 1995 yilda Toşkent elektrotexnika aloqa institutini tamomlagan. Mutaxassisligi radioaloqa, radioeşittiriş va televideniye muhandisi.

U 2002-2003 yillarda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Aloqa va axborot texnologiyalari kompleksi rahbari kotibiyatining mudiri sifatida işlagan. 2003-2004 yillarda Özbekiston aloqa va axborotlaştiriş agentligi boş direktori örinbosari lavozimini egallagan. 2004 yilning sentyabridan dekabriga qadar “Özbektelekom” AK boş direktori örinbosari, 2004 yildan 2006 yilga qadar Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, 2006 yildan 2009 yilgaça “Özprommaşimpeks” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boşqaruvi raisi sifatida faoliyat körsatgan. 2009-2010 yillarda Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinçi örinbosari bölgan.

X.Mirzohidov 2017 yil boşida ÖzMTRK raisi etib tayinlangandi. Mirzohidov bu lavozimda yarim yil, 2017 yil avgustiga qadar faoliyat yuritdi. 2017 yil oktabr oyida Avtomobil yöllari davlat qömitasi raisining avtomobil yöllari böylaridagi kökalamzorlaştiriş va obodonlaştiriş masalalari böyiça örinbosari - «Özyölkökalamzorlaştiriş» unitar korxonasi direktori etib tayinlandi.