Jamiyat | 22:53 / 03.08.2017
48801
7 daqiqa o‘qiladi

Lahm fikrlar: Tarmoqqa tashlangan qarmoq

Har bir kunning o‘z muhim mavzulari bor. Bir kun Alining ishdan olingani, ikkinchi kun Valining kirdikorlari, boshqa kuni esa qo‘shiqchi Folonchixonning ajabsanda suratlari trend mavzuga aylanadi, tarmoqlarda obdon muhokama qilinadi. Xullas, har kuni bir tomosha...

E'tibor bergan bo‘lsangiz, bundan bir yillar avval ham eng qiziq mavzu asosan otarchilar...uzr, qo‘shiqchiyu xonandalar, aktrisalar bilan bog‘liq bo‘lardi. Hozir esa ular “taxt”dan tushgan. Chunki jamiyatda “ding‘ir-ding‘ir”dan bo‘lak mavzular muhokamalar markaziga ko‘chdi. Bu, albatta, odamni quvontiradi. OAVning barcha turi g‘imillab qoldi. Kosa tagidan boshini chiqarib, yon-atrofga qo‘rqmayroq razm sola boshladi. Siz ham sezayotgandirsiz?! Ijtimoiy tarmoqlarni-ku, gapirmasa ham bo‘ladi. Haqiqat manzarasini aynan o‘sha yerda ko‘rish mumkin.

Gapni qisqaroq qilaman. “Feysbuk”ning shu kunlardagi eng qaynoq mavzulari borasida odamlarning fikr-mulohazalarini siz bilan baham ko‘rmoqchimiz! Dastlabki mavzu 1 avgust kuni bo‘lib o‘tgan test sinovlari...

(Imtihon – test sinovlari haqida)

Dima Qayum:

Bundan 17 yil oldin o‘qishga kirmoqchi bo‘lib imtihonga yo‘l olayotsam, bir qiz “Hoy, senga kim qo‘yibdi? Borib molingni boq”, degandi. Shu-shu o‘qimay, bozorda pechka sotdim va o‘sha qiz har kuni o‘sha gaplarini qayta-qayta aytaveradi...

***

Xurshid Abdurashid:

4 yildan beri yiqilaverib, bu yil yana test topshirgan o‘rtog‘im imtihondan chiqib, mana shu testning o‘ziga bir soat vaqtim ketdi, deb qoldi. Qarasam, zo‘r savol ekan. 4 yilda testga tayyorlanganim esdan chiqqan bo‘lsa-da, lekin o‘zimcha javobini aniq aytmoqchi bo‘lyapman-u bir kundan beri kerakli formulani topolmayapman.

Mana o‘sha savol:

Uch yuz Ko‘hi Qofni kelida tuymoq,

Dil qonidan bermoq falakka bo‘yoq,

Yoinki bir asr zindonda yotmoq,

Nodon suhbatidan ko‘ra yaxshiroq.

Pahlavon Mahmud

Ushbu to‘rtlikdagi ergashtiruvchi bog‘lovchi bilan bog‘langan qo‘shma gapda fe'ldan anglashilgan harakat tarziga bajaruvchining munosabati ifodalangan so‘zlardagi yasovchi asosi bir so‘z turkumi doirasida omonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan fonetik o‘zgarishga uchragan, jarangli, sirg‘aluvchi, ovozdor undosh bilan tugagan yopiq bo‘g‘inlar tarkibida yuqori tor, og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra lablanmagan unli necha o‘rinda qo‘llangan?

A) 2

B) 3

C) 4

D) 5

Vallohi a'lam! #Kusto_hayratda!

***

Rivojiddin Abdumalikov:

- Bobo bugun imtihon ekan.

- Bir latifa aytib beray. Bir kuni arslon hamma hayvonlarni to‘plab: to‘ng‘izga o‘xshamasdan, tanish-bilishsiz va pulsiz talaba bo‘lganlar bir qadam oldinga degan ekan, yig‘ilgan barcha hayvonlar ikki qadam ortga qadam tashlashibdi. Eshak esa tirjaygancha joyida turaveribdi. Arslon «Sen nega joyingda qolding?», deb so‘rasa, eshak «men telefon orqali talaba bo‘lganman», dermish…

***

 Zuhra Xamrayeva :

“Achchiq haqiqat”ni tan olish kerak. Har yili shunaqa bo‘ladi. Buni tuzatib bo‘lmaydi.

Ikki abituriyent imtihon topshiryapti. Birinchisi pul bilan kiryapti, ikkinchisi pulsiz.

Birinchi abituriyentga savol:

- Qaysi mamlakatga birinchi bor atom bombasi tashlangan?
- Yaponiyaga!

- Barakalla, bahoingiz – besh!

Ikkinchi pulsiz kirayotgan abituriyentga savol:
- Qaysi mamlakatga birinchi bo‘lib atom bombasi tashlangan?
- Yaponiyaga!

- Qaysi yili?

- 1945 yili.

- Qaysi shahar ustidan?

- Domla, Xirosima ustidan.

- Qancha odam halok bo‘lgan?

- 294 ming odam halok bo‘lgan.

- Barcha o‘lganlar ismi-sharifini aytib bering!

Muslim Mirzajonov:

Imtihon oldidan:

-Aka, iltimos, tuflimni yerga sekinroq uring! O‘zi kecha dadam imtihon uchun olib beruvdi. Boshqa tuflim yo‘q!

- Remenni yech! Uni ichiniyam tekshirish kerak!

***

Adasi, tuflini yerga qӯying! Buncha polga urasiz!

-Iye, uzr, xotinjon! Imtihonda ortirilgan shartli refleks...

***

-Ha, abituriyent ukam. Qalay bӯldi test? Intuitsiya nima deydi?

-Intuitsiyani kӯrmadimu lekin militsiya rosa kӯp edi... 

***

Abdulaziz Saidalixanov:

1 avgust imtihonlaridagi qallobliklar oddiy odamlar o‘ylab topgan hiylalar sabab ro‘y beradi. O‘qituvchi yo bilimli talaba telefonga yo bunkerga turib beradi, miyasida bilim nol bo‘lgan eshakmiya abituriyent esa talabaga aylanaveradi.

Dizayner Miraziz Ahmedov:

Samarqand shahrida mashhur grimmchi yigitlar bor ekan. 
Imtihonga sizdan bilimliroq talabani, sizning qiyofangizda tayyorlab, grimm qilib berisharkan.

Albatta, osonmas. 1 - 2 oy avvalidan sochlarini siznikiga o‘xshatib o‘stirib, “pricheska” qilib va hokazo...

Xullas, pasportdagi basharaga yaqin qilib berisharkan...

Aytaman-ku doim: bizning yoshlar ilimga chanqoq!

Said Komil Xolxo‘jayev

1 avgust – "Umummilliy «kozel» abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash kuni"

Nuriddin Murod:

-Ustoz aytingchi, mana shu kalla bilan o‘qishga topshirsam, kira olamanmi?

-O‘qishga topshir, lekin imtihondan o‘tolmasang, kira olasan!

-Bu nima deganingiz ustoz?

- Sen ham biror boydan ijaraga mashina olib taksist bo‘lib ketasan, deb qo‘rqaman!

***

Sulaymon Erkin:

Menimcha, nafaqat "Iks variantni hatto tushida ham ko‘rmagan" yuqoridagi mansabdorlarga, balki ijtimoiy-siyosiy nashrlarning "Bo‘sh muharrirlari"ga ham chiqish eshiklarini ko‘rsatadigan vaqt kelgan allaqachon.

Davlat organlari yoki umuman jamiyatdagi "ko‘zbo‘yamachiliklar"ni, eng avvalo, jurnalist payqashi, xalqqa, hukumatga yetkazishi, yechim izlashi kerak.

Ammo, o‘sha ko‘rsatuvda so‘z olgan kap-katta gazetaning, kap-katta jurnalisti, "Bunker"larni yo‘q qilish to‘g‘risida real taklif aytish, fikr berish o‘rniga — "Eng avvalo ota-onalar farzandlarining miyasiga o‘z kuchi bilan kira olishni singdirishi kerak", deb o‘tiribdi...

Mavzuga oid