Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev estrada vakillarini jiddiy tanqid qildi
2017 yilning 3 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda madaniyat, san'at, adabiyot va OAVdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari hamda kelgusidagi vazifalar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda barcha viloyat, shahar va tuman hokimlari, ularning o‘rinbosarlari hamda qator idora, tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etdi.
Videoselektor yig‘ilishida ishtirok etgan Kun.uz muxbirining ma'lum qilishicha, unda estrada san'ati haqida ham to‘xtalib o‘tilgan. Estrada xonandalari o‘z ustida ishlamay qo‘ygani aytilgan. Madaniyat sohasida unvonlarni qayta ko‘rib chiqish boshlanayotgani ma'lum qilindi.
“Tavakkal Qodirov 25 yil xalqning xizmatini qilib, so‘ng Xalq artisti unvonini olgan. Hozirgilar uch yilda, xalqning xizmatini qilib ulgurmasdan unvon olmoqda”, - degan davlat rahbari.
Bundan tashqari, san'atkorlar odobi, kiyinishi, o‘zini tutishi bilan barchaga o‘rnak bo‘lishi kerak ekani aytildi. Hozirgi musiqiy kliplar jiddiy tanqid qilindi.
“O‘zbekistonda adabiyot va san'at biznesga aylanmasligi kerak, lekin san'atkorlar ham o‘z kasbini xor qilmasdan, o‘z ustida ishlashi kerak”, - degan Mirziyoyev.
Mavzuga oid
18:09 / 31.05.2026
Samarqandda Global ekologik fond Kengashining 71-yig‘ilishi boshlandi
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025