Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: Kinematografiyada juda orqada qolib ketdik
2017 yilning 3 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda madaniyat, san'at, adabiyot va OAVdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari hamda kelgusidagi vazifalar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda barcha viloyat, shahar va tuman hokimlari, ularning o‘rinbosarlari hamda qator idora, tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etdi.
Videoselektor yig‘ilishida ishtirok etgan Kun.uz muxbirining ma'lum qilishicha, Prezident davlat O‘zbekistondagi ijodkorlar uchun alohida buyurtmalar asosida ishlashi haqida gapirgan. Taniqli shoirlar Anvar Obidjon, Halima Xudoyberdiyeva buyurtma asosida asarlar yozib berishi haqida fikr bildirilgan.
Bundan tashqari, “O‘zbekkino” tashkiloti Mirzo Ulug‘bek, Ibn Sino, Bahouddin Naqshband to‘g‘risida arzirli kinofilm yarata olmayotgani uchun alohida tanqidga olindi. Rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev Mirzo Ulug‘bek haqidagi kinofilm ustida ishlayotgani, jahon kinoekranlariga chiqadigan darajadagi film yaratilishi lozimligi ta'kidlab o‘tilgan. Kinematografiyada ayniqsa juda orqada qolib ketganimiz aytildi. Endi shu sohani rivojlantirish uchun katta mablag‘ berilishi ma'lum qilingan. “O‘zbekkino” qoshidagi jamg‘armaga 200 mlrd so‘m va 5 mln dollar berilishi xabar berildi.
Yig‘ilishda “O‘zbekfilm”, “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyalarini ta'mirlash, ularning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, eng zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlashni ko‘zda tutadigan Prezident qarori tayyorlanayotgani e'lon qilindi. Bu hujjatga ko‘ra, “O‘zbekkino” milliy agentligi uchun davlat buyurtmasiga asosan ishlab chiqariladigan badiiy filmlar sonini 2018 yilda 20 ta, 2020 yilda 30 taga, multiplikatsion filmlar sonini esa 2018 yilda 15 ta, 2022 yildan boshlab 50 taga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, agentlik huzurida Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamg‘armasi tuziladi.
Mavzuga oid
18:09 / 31.05.2026
Samarqandda Global ekologik fond Kengashining 71-yig‘ilishi boshlandi
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025