Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston kubogi. «Lokomotiv» finalga ishonchli g‘alaba bilan qadam tashladi
O‘zbekiston kubogi yarim finalidan o‘rin olgan ikkinchi juftlikda Toshkentning «Lokomotiv» klubi Qarshining «Nasaf»ini qabul qildi.
Uchrashuvning 15-daqiqasida Marat Bikmayev jarima zarbasidan aniq tarzda amalga oshirib, hisobni ochgan bo‘lsa, 46-daqiqada Murod Bobojonov oradagi farqni yana bittaga oshirdi. 87-daqiqa kelib Bikmayev dubl qayd etib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirgan bo‘lsa, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Dragan Cheran mehmonlarning o‘yindagi yagona goliga mualliflik qildi va «Nasaf»ni yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Shuningdek bu gol qarshiliklarga javob uchrashuvi oldidan kichik bo‘lsada imkoniyatini saqlab qolishiga yordam berdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha yarim finalning dastlabki juftligida «Bunyodkor» va «Dinamo» Toshkentda sinashgan va unda hisob ochilmay qolgandi.
O‘zbekiston kubogi, 1/2 final
Dastlabki uchrashuv
«Lokomotiv»–«Nasaf»-3:1 (1:0)
Gollar: Marat Bikmayev (15, 87), Murod Bobojonov (46) - Dragan Cheran (90+1).
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Muhammad Kone, Ikrom Aliboyev, Murod Bobojonov (Jaloliddin Masharipov, 61) Sherzod Fayziyev (Oleg Zoteyev, 88), Kaxi Maxaradze, Marat Bikmayev, Shuhrat Muhammadiyev, Sardor Mirzayev, Sadriddin Abdullayev (Timur Kapadze, 62).
«Nasaf»: Sanjar Quvvatov, Akmal Shorahmedov, Azizjon G‘aniyev, Odiljon Hamrobekov, Bahrom Abdurahimov, Igor Golban (Dilshod Rahmatullayev, 83), Farrux Sayfiyev, Doniyor Narzullayev, Dragan Cheran, Jasur Hasanov (Shahboz Erkinov, 72), Umarbek Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Igor Golban (14), Sardor Mirzayev (25), Shahboz Erkinov (75), Jaloliddin Masharipov (77).
Mavzuga oid
21:37 / 10.04.2026
Superligada hakamlik mojarosi. PFL hakamlar markazidan VAR yozuvini so‘radi
20:49 / 04.04.2026
“Bunyodkor” - “Lokomotiv” o‘yinidan keyingi janjal sabablari o‘rganilmoqda
15:01 / 12.02.2026
«O‘zbekneftgaz» futbol klublariga homiylik qilishni to‘xtatadi
20:41 / 24.11.2025